• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 13 » Olimlar ko‘rshapalakdan tarqalib, dunyoni zabt etgan koronavirusning turdoshi bo‘lgan yana bir virusni aniqladi
20:55
Olimlar ko‘rshapalakdan tarqalib, dunyoni zabt etgan koronavirusning turdoshi bo‘lgan yana bir virusni aniqladi

Koronavirus pandemiyasi tufayli bugun butun dunyoda virus evolyutsiyasi haqida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.  
Virus qanday evolyutsiyalanadi? Bir qarashda oddiy ko‘ringan ushbu savol so‘nggi yarim yil ichida nafaqat yirik xalqaro ilmiy tadqiqotlarga, balki yana ko‘plab konspirologik (fitna) nazariyalar uchun ham asos bo‘lib qoldi.

Shu paytgacha o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, katta ehtimol bilan ushbu infeksiya tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqan. Virus avvaliga ko‘rshapalaklar organizmida shakllangan va keyin boshqa bir jonivor orqali mutatsiyalanib, odamlarga ham yuqishni "o‘rganib” olgan.

Shandundagi Birinchi tibbiyot universiteti olimlari e’lon qilgan yangi ilmiy tadqiqot natijalari ham virusning tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqani haqidagi nazariyani tasdiqlamoqda. Maqolada aytilishicha, olimlar ko‘rshapalak tanasidan hozirgi kunda butun dunyoni zabt etgan SARS-CoV-2 virusining yaqin qarindoshini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Yangi aniqlangan virusda ham o‘xshash insertsiyalar, ya’ni virus genomidagi genetik materialga o‘rnatilgan genetik mutatsiyalar aniqlandi. Bu esa mazkur turdagi o‘zgarishlar tabiiy kelib chiqishi mumkinligini isbotlamoqda.

Pandemiyaga sabab bo‘lgan virusning laboratoriyada yaratilganiga da’vo qilgan ko‘pchilik fitna nazariyasiga ishonuvchilar SARS-CoV-2 virusida aynan shunday o‘rnatmalarning mavjudligiga urg‘u berishayotgan edi.

Ko‘rshapalakdan aniqlangan yangi virusga olimlar RmYN02 deb nom berdi. U 227 dona ko‘rshapalakdan olingan 302 ta tahlil namunalari orqali identifikatsiya qilindi. Ko‘rshapalaklar Xitoyning Yunnan provinsiyasida 2019-yilning ikkinchi yarmi davomida tutilgan.

Tahlillar natijasida olimlar deyarli bir xil genomga ega bo‘lgan ikki xil virusni aniqladi. Ular RmYN01 va RmYN02 viruslari sifatida qayd etildi. Laboratoriya tekshirishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, RmYN02 virusining genomi pandemiya sababchisi bo‘lgan koronavirus genomi bilan 93,3 foiz bir xillikka ega bo‘lib, ayniqsa, uning 1ab geni 97,2 foizga aynan bir xil chiqdi.

Insertsiyalar haqida gap ketganda, olimlar RmYN02 virusining S1 va S2 o‘rnatmalari orasida tikansimon oqsillar mavjudligini aniqlashgani aytilmoqda. SARS-CoV-2 virusida ham sal boshqacharoq bo‘lsa-da, har holda shu singari oqsil qismi bor. Lekin RmYN02 virusida bunday oqsilning borligi faktining o‘zi uning tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanidan dalolat qiladi, deb hisoblamoqda maqola mualliflari.

Shuningdek, RmYN02 va SARS-CoV-2 viruslari orasidagi ushbu o‘xshashlik fakti ularning biri ikkinchisini paydo qilgan ajdodi ekanini bildirmaydi. Bunday o‘zaro qarindoshlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan eng muhim genlardan birining o‘xshashligi atigi 61,3 foizni tashkil qilgan xolos.

Shu kabi yangi virus turlarini tabiatdan aniqlanishi olimlarga bu viruslarning tabiatini tadqiq qilishda va ularga qarshi kurashning samarador usullarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:517 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь