• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Olimlar JSSTdan koronavirus borasidagi tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi
11:34
Olimlar JSSTdan koronavirus borasidagi tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Butun dunyo bo‘ylab 230 dan ortiq olim Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ochiq maktub yo‘llab, tashkilotdan koronavirusga qarshi kurashish borasidagi tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. Olimlarning ma’lum qilishicha, virus havoda uzoq vaqt turib qolib, insonlarga ortiqcha xavf tug‘dirishi mumkin, deb yozadi The New York Times.

Maktub ostiga dunyoning 32 mamlakatidan bo‘lgan 239 nafar olim imzo chekkan. Ularning hisoblashicha, virus oldin taxmin qilinganidan ko‘ra ancha mayda zarra ko‘rinishida bir joydan boshqa joyga tashilishi mumkin. Bu esa uning havoda uzoq vaqt qolib ketishi va organizmga nafas olish orqali yuqishiga imkon beradi.

Biroq JSSTning ta’kidlashicha, virus yetarli darajada katta va og‘ir tomchilar shaklida bo‘lib, havoga chiqishi bilan gorizontal yuzalar ustiga o‘rnashadi. Virus biror tashqi yuza orqali tarqalishini isbotlovchi cheklangan miqdorda dalillar borligi sabab tashkilot pandemiya vaqtida qo‘lni yuvish kasallik profilaktikasining asosiy usuli ekanligiga bor e’tiborini qaratgan.

JSSTning infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha texnik rahbari Benedetta Allegranzining ma’lum qilishicha, virusning havo orqali tarqalishi to‘g‘risidagi dalillar ishonarli emas.

"Asosan so‘nggi ikki oydan beri bir necha bor virus havo orqali yuqishi mumkinligini ma’lum qildik, biroq buni isbotlovchi biror aniq isbot keltirilmadi. Bu borada bahslar hali davom etmoqda”, — deydi Allegranzi.

Nashrning ta’kidlashicha, virusning havo orqali tarqalishi borasidagi fikrlar qabul qilingudek bo‘lsa, bu koronavirus sabab joriy etilgan ehtiyot choralarining o‘zgartirilishiga olib keladi. Odamlar bino ichida niqobda yurishi, shifokorlar esa eng mayda zarralarni ham o‘tkazmaydigan filtrga ega tibbiy niqoblarni taqishi shart bo‘ladi.

Avvalroq olimlar basseyn va suv havzalari orqali, koronavirus yuqtirib olish ehtimolini baholagani to‘g‘risida, virusni oziq-ovqatlar orqali yuqtirib olishdan saqlanish yo‘llari to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:410 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031