• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 4 » Olimlar: 25 yildan so'ng yer yuzida chuchuk suv tugaydi
19:31
Olimlar: 25 yildan so'ng yer yuzida chuchuk suv tugaydi

Halqaro suv resurslarini boshqarish instituti mutaxassislari 25 yildan so'ng Yer yuzida chuchuk suv batamom tugashi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Ular qator ma'lumotlarni tahlil qilib, dunyo bo'yicha chuchuk suvning sarf qilinishi borasidagi hisobotlarga asoslangan holda fikr bildirishmoqda. Olimlarning aytishicha ichimlik suvini tobora kamayib borayotgani er yuzida insonlar ko'payib borayotgani bilan chambarchas bog'liq. Bugun sayyoramizdagi odamlar soni 7 milliarddan oshgan. Har yili esa er yuzidagi umumiy aholi soni 83 million kishiga ortadi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, har yili chuchuk suvga bo'lgan ehtiyoj 64 million kubometrni tashkil qilmoqda. Biroq bu ko'rsatkich kun sayin ortib borayotgani ham ayni haqiqat. Yer sayyorasidagi aholi soni uch barobar ko'paygan vaqtda, ularning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyoji 17 barobarga ortdi. 20 yildan so'ng, chuchuk suvga bo'lgan talab yana 3 barobar ko'p miqdorga oshishi mumkin. Aytish lozimki, bugungi kunda sayyoramizdagi har oltinchi kishi chuchuk suvga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga chanqog'i bosilmayotgan insonlar soni ortib bormoqda. Statistik ma'lumotlar qaraganda, erdagi aholining beshdan bir foizi ichimlik suvi etishmovchiligi mavjud bo'lgan hududlarda istiqomat qiladi. Aholining chorak qismi esa chuchuk suvni yig'ish va odamlarga etkazish borasidagi infratuzilmalar etarli bo'lmagan, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashashadi. Shu sababli ham ichimlik suvining tanqisligi muammosi, hatto, yog'ingarchilik ko'p bo'ladigan va yirik chuchuk suv zahirasiga ega bo'lgan hududlarda ham mavjud. Afsuski, ana shu yirik chuchuk suv zahiralari kundan-kunga kamayib bormoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, 10 yildan so'ng sayyoramizdagi davlatlarning teng yarmi ichimlik suvi tanqisligini seza boshlaydi. XXI asrning yarmiga kelib esa, Yer sayyorasi aholisining yarmi suvizlikdan nobud bo'la boshlaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2030 yilga kelib, sayyoradagi jami aholining 50 foizi har kuni ichimlik suvi tanqisligi sabab o'lim bilan yuzma-yuz kelishiga to'g'ri keladi. 2050 yilga kelib, ichimlik suvi bilan bog'liq muammolarga ega bo'lgan davlatlar soni keskin ortadi.Afrikaning o'zida 2020 yilda iqlim o'zgarishlari tufayli 75-250 million kishi ichimlik suvisiz qolishi mumkin. O'z o'rnida sahro va yarim sahro hududlardagi aholi boshqa joylarga ko'chib o'ta boshlashadi. Ekspertlarning taxmin qilishlaricha, o'z hududida chuqur joylashgan 24-700 million kishi namlik ilinjida "izlanish” olib borishadi. Taxminlarga ko'ra, ular shimolga qarab yurishadi va Yevropaga, balki undan ham uzoqroqqa borishadi. Iqlimshunoslarning aytishaga qaraganda, harbiylarning turli davlatlarda ichimlik suvini izlab topishi borasidagi film syujetlari bora-bora haqiqatga aylanishi mumkin. Ayni vaqtda Misr, Tunis, Liviya, Suriya va Yaqin Sharq mamlakatlarida yog'ingarchilik tobora kamayib, qurg'oqchilik boshlanmoqda. Achinarlisi shundaki, ko'plab mamlakatlarda yillab kuzatilmaydigan yog'ingarchilik aholining yashash tarziga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Afsuski, chanqoq va organizmning suvsizlanishi ularda ruhiy kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo'lmoqda. Shu bilan birga chuchuk suv etishmovchiligi sabab turli urushlar va terroristik aktlarning sodir etilishi holatlari ko'paymoqda. Rossiyani suvsizlik muammosi Osiyo va Afrika davlatlari kabi tashvishlantirmaydi. Bu mamlakat suv resurslari bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Biroq ichimlik suvining o'z vaqtida etkazib berilmasligi bilan bog'liq muammolar Rossiyaning ko'plab xududlarida mavjud ekanini aytib o'tish kerak. Darvoqe, xalqaro suv zahirasining to'rtdan bir qismi ham aynan Baykal ko'lidadir. Dunyoning ko'plab ekspertlari kelajak o'n yillikda Rossiya hududida noyob Baykal ko'lidagi suvni o'zlashtirishga bo'lgan kurash boshlanashi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Biroq tarix Baykal ko'li joylashgan hududlarni Rossiya qaramog'iga topshirgan ekan, demak bu bejizga emas. Bu nafaqat ko'lga egalik qilish, balki uni himoya qilish ham Rossiyaning zimmasida ekanini bildiradi. Har bir inson kundalik turmushda qancha suv sarf etayotgani, suvdan qanday foydalanayotgani, isrofgarchilikka yo'l qo'yilayotgani haqida fikr qilishi va shunga ko'ra, o'zi yashab turgan hududda beminnat oqib turgan ichimlik suvining har bir tomchisini asrashga harakat qilishi lozim. Axir dunyoda kunning to'rtdan uch qismini tuproq, qum va chiqindilar ostidan suv izlab topishga sarf etadigan, ammo kun so'ngida chanqog'i bosilmay uyquga ketadigan insonlar soni kammi?



Категория: Har-Hil | Просмотров:3067 | Добавил: Admin | Теги: Olimlar: 25 yildan so'ng er yuzida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031