• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Ohangarondagi katta do‘konda sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlari ma’lum qilindi
15:23
Ohangarondagi katta do‘konda sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlari ma’lum qilindi

28-iyun kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent viloyati IIBBning ma’lum qilishicha, yong‘in do‘kon qarshisida "Zil-130” yuk mashinasi va Damas to‘qnashuvi oqibatida yuzaga kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli haydovchi Sh.U. o‘zining boshqaruvidagi "Zil-130” rusumli yuk avtomashinasini Toshkent shahridan Angren shahriga yo‘lovchisiz va yuksiz boshqarib ketayogan bo‘lgan. "Zil-130” Ohangaron shahrining Amir Temur ko‘chasi "Guliston” MFY hududida joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uyning ro‘parasiga yetganida avtomashina qo‘l tormozining ichki qismida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi avtomobilni to‘xtatishga uringan, ammo boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga o‘tib ketgan. Avtomashinani to‘xtatolmay ko‘p qavatli uyning yonida haydovchi va yo‘lovchisiz to‘xtab turgan xususiy korxonaga tegishli Damas rusumli transport vositasiga borib urilgan.

Ikki avtomashinaning to‘liq yonishi oqibatida yong‘in 3-sonli ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan yengil tamaddixona, oziq-ovqat va xo‘jalik mollari hamda kanselyariya do‘koni, dorixonaga, shuningdek, ushbu do‘konlarning yerto‘lalariga o‘t ketgan.

Kelib chiqqan yong‘inni bartaraf qilishga jami 7 ta yong‘in o‘chirish maxsus mashinasi jalb qilinib, soat 15:00 da yong‘in to‘liq bartaraf qilingan.

Mazkur yong‘in natijasida "Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.U. kuyish jarohati bilan Ohangaron tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan va unga o‘ng oyoq boldir, o‘ng qo‘l kaft sohalarida I—II darajali termik kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Ohangaron shahar hokimining farmoyishi asosida yetkazilgan moddiy zarar miqdori va ularni bartaraf qilish borasida maxsus komissiya tuzilib, hodisa joyida shtab tashkil qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:441 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь