• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » OAV: Yaponiyada koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilinadi
10:36
OAV: Yaponiyada koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilinadi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 8-apreldan boshlab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kiodo axborot agentligiga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Favqulodda holatning e’lon qilinishi joylardagi hokimiyatlarga fuqarolardan ko‘chaga chiqmaslikni, ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik va gigiyena qoidalariga rioya qilishni talab etish huquqini beradi. Biroq Yaponiyada talab va taklifni bajarishdan bosh tortganlarga jarima belgilanishi ko‘zda tutilmagan. Favqulodda holat birinchi navbatda yirik shaharlar — Tokio va Osakaga tegishli.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 ming kishidan oshgan, 104 kishi vafot etgan.

Avvalroq nima sababdan Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat yoki karantin e’lon qilinmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, AQShning Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda holat e’lon qilish vakolatini bergan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan. Shuningdek, Nyu-Yorkning Bruklin qismida ikki o‘zbekistonlik — bir erkak va bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:509 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь