• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » OAV: Turkmanistonda yetti kishida koronavirus aniqlangan
12:09
OAV: Turkmanistonda yetti kishida koronavirus aniqlangan

Turkmanistonning Turkmanobod shahridagi karantin zonasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yetti kishi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana” o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Mustaqil OAV avval ham rasmiy ma’lumotlardan farqli o‘laroq Turkmanistonda COVID-19 bilan kasallanganlar borligini ma’lum qilgandi. Biroq ushbu ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Biroq so‘nggi ma’lumotda videoyozuv ham bo‘lib, unda vaziyat batafsil ochib berilgan. Video karantin zonasidagi palatkalarga izolyatsiya uchun joylashtirilgan fuqarolardan biri tomonidan olingan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tahlil natijalari ijobiy chiqqan yetti fuqaro karantin zonasidagi alohida palatada saqlanmoqda. Palata alohida kirish qismiga ega bo‘lib, shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi xodimlari u yerdagi tibbiyot xodimlarini dezinfeksiya qilib turmoqda. Bemorlarni davolashda H1N1 cho‘chqa grippi vaksinasidan, shuningdek, kislorod yostiqchalaridan foydalanilmoqda.

Mazkur karantin zona shahardagi otchopar ro‘parasida joylashgan va atrofida qo‘riqlovchi minoralar qad rostlagan. Zonada ishlayotgan shifokorlar qo‘lqop va niqoblarni o‘z hisobidan sotib olishga to‘g‘ri kelayotganidan shikoyat qilmoqda. Biroq qo‘riqchilar ushbu niqoblarni ham karantin zonasidan chiqib ketayotganda yechib tashlashni talab qilyapti.

Rasmiy OAVning ta’kidlashicha, Turkmaniston COVID-19 yetib kelmagan dunyodagi 20 ga yaqin davlat qatoriga kiradi. Ko‘plab materiallarda bunga karantin choralari vaqtida qo‘llanilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, rasmiy OAV ushbu choralar haqida batafsil ma’lumot bermagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston maktablarida ommaviy ravishda COVID-19’ga test olish boshlangan.

Avvalroq Turkmanistondagi karantin zonasidan 15 kishi qochib ketgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar soni 1349 nafarga yetgan, hozirgi vaqtda ulardan 325 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda, 14 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь