• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » O‘zini o‘zi band qilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi
10:22
O‘zini o‘zi band qilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

2020 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro‘yxatga olish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

67 ta faoliyat turini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.  

"O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishni xohlovchilar buni "Soliq” mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, bepul amalga oshirishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

Bunda jismoniy shaxs sifatida shaxsiy ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng, faoliyat turini tanlash kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, biryo‘la bir nechta faoliyat turini tanlab kiritsa ham bo‘ladi. Faoliyat ko‘rsatish joyi – viloyat va tuman (shahar), albatta, ko‘rsatilishi kerak.

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq to‘lovchilarning yagona reyestriga kiritiladi va foydalanuvchiga ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR kod) yuboriladi. QR kodli ma’lumotnomani xohishga ko‘ra chop ettirish mumkin.

O‘zini o‘zi band qiladiganlar rasman ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, qonuniy ravishda ishlashlari, shuningdek, mijozlardan qabul qilingan barcha buyurtmalarni rasmiylashtirish va saqlashi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasida har bir buyurtma uchun ishlarning soni va qiymati, shuningdek, mijozning telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Buyurtma asosida chek shakllantirish va uni mijozga yuborish imkoniyati mavjud.

"PQ-4742-sonli qarorning 3 bandiga asosan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Soliqlarni to‘lash masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lash jarayoniga o‘xshaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga tashrif buyurmasdan bajarish mumkin”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilganlar – bu xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:481 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031