• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Mart » 8 » O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot
22:13
O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot

Facebook’da foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari juda qadrlanadi. Sayt siz haqingizda qancha ko‘p narsa bilsa, kompaniyaga siz maqsadli auditoriyasiga kiradigan reklama beruvchilar shuncha ko‘p pul to‘laydi. Lekin ayrim tafsilotlarni ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilmagan ma’qul.Bu ma’lumotlar o‘z-o‘zidan xavfli emas, lekin ulardan ijtimoiy tarmoqlarda o‘ralashib yuradigan qalloblar foydalanishi mumkin.

"Interesno” sayti Facebook’da oshkor qilish tavsiya etilmaydigan 5 tafsilotga to‘xtalib o‘tdi.

Uy manzili

Bu ma’lumotdan foydalanib, uyingizga o‘g‘rilikka tushishlari mumkin. Agar ijtimoiy tarmoqda manzilingiz ko‘rsatilgan bo‘lsa, hali ham o‘z profilingizga kirib, "Aloqa va asosiy axborot” bo‘limining tahrirlash oynasini oching va ushbu ma’lumotni o‘chirib tashlang.

Siz ijtimoiy tarmoqda tilga olayotgan tadbirlarda ham manzilingiz ko‘rinib qoladi. Masalan, ziyofat uyushtirilishini xabar qilsangiz, Facebook avtomatik tarzda, odamlar qayerga borishni bilishlari uchun, sahifaga manzilingizni qo‘shib qo‘yishi mumkin.

Agar tadbirga do‘stlaringiz o‘z do‘stlarini taklif qilsa, unda manzilingizni bilib olgan begonalar soni yanada ko‘payadi.

Ish joyi haqida ma’lumot

Facebook’da ish joyingiz haqidagi ma’lumotlarni chop etmaslikka harakat qiling. Bir kuni hamkasblaringizdan biri sahifangizni topib olishi va o‘ziga yoqmaydigan biror ma’lumotga duch kelishi mumkin.

Xakerlar esa kompaniya haqida axborot to‘plashni xodimlarning shaxsiy ma’lumotlaridan boshlaydi. Agar ular internetda, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bo‘lsa, bu xakerning ishini yanada osonlashtiradi.

Shuningdek, hamkasblar bilan Facebook’da do‘stlashishda ehtiyot bo‘ling. Ish o‘rningizni almashtirsangiz, eski hamkasblaringizning ko‘pchiligi bilan muloqotni davom ettirishni istamasligingiz mumkin.

Shaxsiy munosabatlar maqomi

Oilaviy ahvol haqida Facebook’da yozish ortiqcha e’tibor tortish demakdir.

Bundan tashqari, maqom o‘zgarishlari kiberstalkerlar diqqatini jalb qiladi.

To‘lov ma’lumotlari

Facebook bepul, lekin ba’zan u kredit kartangizning raqamini so‘rashi mumkin.

Moliyaviy axborot sizga saytning turli mahsulotlarini xarid qilishga yordam beradi. Lekin bu ma’lumotlarga xakerlar ham osonlikcha daxl qila oladi, ayniqsa ishxonada yoki begona kompyuterda profildan chiqishni unutsangiz.

Nafaqat begona kishi, balki oilangizning biror a’zosi ham pulingizni beruxsat ishlatib qo‘yishi mumkin.

Telefon raqami

Facebook’ning xavfsizlik sohasidagi ayrim foydali funksiyalarini qo‘llashda darhaqiqat telefon raqamingiz talab qilinadi.

Bundan tashqari, agar siz saytga mobil telefondan kirsangiz, demak, ijtimoiy tarmoq uning raqamini allaqachon biladi.

Agar qachondir profilingizda telefon raqamini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsangiz, "Aloqa va asosiy axborot” bo‘limida bu ma’lumotni kim ko‘rishi mumkinligi haqidagi qatorni "Faqat men”ga o‘zgartirib qo‘ying.




Категория: Har-Hil | Просмотров:1262 | Добавил: Admin | Теги: O‘zingiz haqingizda Facebook’da osh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031