• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 31 » O‘zbekistonning qayerida qancha COVID-19 yuqtirgan bemor borligi aytildi
15:47
O‘zbekistonning qayerida qancha COVID-19 yuqtirgan bemor borligi aytildi

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etayotgani, ularning 92 nafari (shundan 7 nafari sog‘aygan, bir nafari vafot etgan) Toshkentda davolanayotgani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) qaysi viloyatda davolanayotgani haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. 

Farg‘ona ushbu ko‘rsatkich bilan Toshkent shahridan keyingi o‘rinda turadi. Ularning 9 nafari farg‘onalik. Qolgan 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik,7 nafari poytaxtlik, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Kasallikka chalinganlarning 17 nafari shu yilning 25 mart kuni bitta reysda Turkiyadan Farg‘onaga charter reysda kelishgan yo‘lovchilar orasida aniqlangan. Shu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangach ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga o‘tkazilgan.

Namangan viloyatida esa 15 holatda ushbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari 12 va 13 mart kunlari Turkiya safarida bo‘lib qaytishgan ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarodan yuqtirib olishgan. Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanishmoqda. Avval xabar berganimizdek, bir nafar bemor vafot etgan.

Andijon viloyatida 8 nafar bemor bor va ularning barchasi andijonliklar. Bundan tashqari boshqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor bor — 2 nafari Buxoro, 4 nafari Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishmoqda.

Hozirda bir nafar xorazmlikda ushbu infeksiya tasdiqlangan. Ammo Xoramz viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bundan tashqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpog‘istonlik, 1 nafari esa farg‘onalik hisoblanadi.

Buxoro viloyatida 8 nafar, jumladan, Andijon va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 1 nafardan bemor davolanmoqda. Ularning 4 nafari 22 mart kuni Istanbul – Buxoro charter reysida va yana 4 nafari esa 24 mart kuni Moskva – Buxoro charter reysida kelgan va karantinga olingan, kasalligi tasdiqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishmoqda.

Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanganidek, Moskvadan charter reysida kelib, kasalligi tasdiqlangan 2 nafar buxorolik poytaxtda va 22 martda Moskvadan charter reysida Urganchga uchgan bir nafar ushbu viloyat fuqarosi Xorazm yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Ayni vaqtgacha uch nafar qashqadaryolikda ushbu infeksiya aniqlangan. Shundan bemor bilan muloqot orqali ushbu infeksiyaga chalinib bir 
nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bo‘lsa, qolgan 2 nafari 21 mart va 28 mart kunlari Moskvadan  kelgan shahrisabzlik va yakkabog‘lik fuqarolarda aniqlangan. Ular poytaxtdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida muolaja olishmoqda.

Navoiy viloyatidan ham 2 nafar asli ushbu hududdan bo‘lgan va kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda infeksiya aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan muassasada davolanishmoqda.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar haqida batafsil ma’lumot berib borishda davom etamiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031