• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 21 » O‘zbekistonliklarga murojaat: “Koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qiling!”
22:36
O‘zbekistonliklarga murojaat: “Koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qiling!”

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya fuqarolarga murojaat yo‘lladi. "Koronavirus tarqalishi oldini olishning eng muhim sharti — karantin qoidalariga qat’iy va istisnolarsiz rioya etishdir”, — deyiladi unda.

Murojaatning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin:

Сhet eldan qaytib kelayotgan vatandoshlarimiz, faoliyatida cheklovlar o‘rnatilgan tashkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari va umuman mazkur cheklovlar tegishli bo‘lgan barcha-barcha sub’ektlar, jismoniy va mansabdor shaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini so‘zsiz bajarishlarini qat’iy so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tushuntirish ishlari va choralar, jumladan murakkab sharoitda va tezkor ravishda chet eldan qaytib kelayotgan ko‘p sonli vatandoshlarimiz uchun Respublika hududlarida sharoitlar yaratilganiga qaramasdan, 20 mart kuni Samarqand viloyatida karantinga olingan maskandan ikki fuqaro qochib ketgan.

O‘zining bunday mas’uliyatsiz xatti-harakati bilan bu fuqarolar boshqalarning va yaqinlarining hayotini xavfga qo‘ygan va bu bilan O‘zbekiston qonunlarini qo‘pol ravishda buzgan. Bu fuqarolar hozirda ushlangan va izolyatsiya qilingan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shu munosabat bilan yana bir marta barchani alohida ogohlantiramiz hamda o‘z harakatingiz bilan nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazishingiz mumkinligini doimo esda tutishingizni so‘raymiz.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida juda qattiq javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan. Jinoyat kodeksiga asosan shunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Virus keng tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar jamoat joylariga iloji boricha chiqmasligi, o‘z harakatlanishini keskin cheklashi va umuman olganda jamiyatda odamlar orasida masofa saqlashi zarur.

Hurmatli fuqarolar, barcha qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talabi qat’iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan bu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga chaqiramiz.

O‘z navbatida, tegishli mutasaddi mas’ul idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xodimlari karantin bilan bog‘liq talablarga rioya etilishini 24 soat ta’minlab borilishiga shaxsan javobgarligini ta’kidlaymiz.

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya murojaatidan
Категория: Har-Hil | Просмотров:628 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031