• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 14 » O‘zbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Britaniyaga bormaslik tavsiya qilindi
18:48
O‘zbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Britaniyaga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolariga murojaat qildi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, "dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq holatning og‘irlashishi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya e’lon qilinishi munosabati bilan” O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaror chiqargan.

Unga ko‘ra, 14-martidan boshlab O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatildi, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi ham vaqtincha to‘xtatildi.

Bundan tashqari, so‘nggi 14 kun ichida Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniyaga borgan barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga kirishi vaqtincha to‘xtatildi. Qayd etishlaricha, bu cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalariga, so‘nggi 14 kun ichida bu yetti mamlakatda bo‘lmagan boshqa chet elliklar va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, TIV vatandoshlarimizdan favqulodda zarurat bo‘lmasa, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turishlarini tavsiya qiladi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi murojaatida. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari esa zarur holatlarda quyidagi elchixonalarga murojaat qilishi mumkin:

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi (Ishchi guruh):

Furqat Qodirov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, +33187866491

siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, konsul, birinchi kotib, +33153300355

Shavkat Toshev, uchinchi kotib, +33153300354

Sardor Salimov, attashe, +33187866490

Otabek O‘ngboyev, Uzbekistan Airways’ning Parijdagi vakili,+33145224550

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi: +34 91 3101639

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi: +44 207-2297679, +44 871-468-1100

Ma’lumot uchun, shu kungacha O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmadi. O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus yuqtirib olishi bilan bog‘liq yagona holat esa Janubiy Koreyada aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031