• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 2 » O‘zbekistonlik olima koronavirusni butunlay yo‘q qiluvchi preparat yaratganini ma‘lum qildi. O‘zFA bunga munosabat bildirdi
14:31
O‘zbekistonlik olima koronavirusni butunlay yo‘q qiluvchi preparat yaratganini ma‘lum qildi. O‘zFA bunga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zFA) O‘zbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni to‘xtatishi mumkinligi aytilgan maqolaga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, "O‘zbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni to‘xtatishi ehtimoli mavjud – Fanlar akademiyasi tadqiqotchisi” sarlavhali ushbu maqola "Kun.uz” saytida e’lon qilingan, biroq keyinchalik saytdan o‘chirib tashlangan. Unda dorishunos olima Naima Aliqulova qo‘lida koronavirusni butunlay yo‘q qiluvchi preparat borligi, uning natija berishiga ishonishini ta’kidlagan.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlardan sado chiqmagach, O‘zbekistonda farmatsevtik zavod ochib, koronavirusga qarshi dorisini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston ixtirolari davlat ro‘yxatida Davlat reyestrida ro‘yxatga olingan, 2008-yilda 2 million dollarga baholangan "Siritsin” preparati patentini sotishga roziligini bildirgan.

O‘zFA bayonotida aytilishicha, maqola muallifi Naima Aliqulova hozirda O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida mustaqil-izlanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Uning asosiy ish joyi Islom akademiyasi akademik litseyi hisoblanadi. Rahima Ochilova Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida 2004—2006-yillarda laborant bo‘lib ishlagan.

Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti ma’lumotiga ko‘ra, maqolada keltirilgan "Quvatin” va "Noglyukin” biofaol moddalarining ipak qurti pillasidan ajratib olish texnologiyasi institut xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu biofaol qo‘shimchalar sport tibbiyoti uchun mo‘ljallangan va hech qachon ularning virusga qarshi ta’siri tekshirilmagan.

Shuningdek, "Siritsin” preparati diabet kasalligi uchun biofaol qo‘shimcha sifatida ishlatilgan.

"Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, har bir yaratilgan dori vositasi belgilangan reglamentlar asosida sinovdan o‘tkaziladi va u bilan bog‘liq jarayonlar ‘Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida’gi qonunga muvofiq  amalga oshiriladi”, — deyiladi O‘zFA axborot xizmati munosabatida.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2-aprel holatiga ko‘ra, 190 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk koronavirus holati aniqlanganidan buyon hozirga qadar ikki kishi kasallik qurboniga aylangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь