• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 18 » O‘zbekistonga uchinchi Boeing 787 Dreamliner olib kelindi
20:34
O‘zbekistonga uchinchi Boeing 787 Dreamliner olib kelindi

"O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining aviaparkidagi yangi avlod samolyoti – Boeing 787 Dreamliner’lar soni yana bittaga ortdi.   
 
Havo laynerini  O‘zbekistonga Milliy aviakompaniya ekipaji:  MAK Uchuv-uslubiy bo‘limi bosh uchuvchi-yo‘riqchisi Iosif Zak, Boeing 787 Uchuvchilar otryadi komadir o‘rinbosari Shahzod Ikromov hamda ikkinchi uchuvchi Olimjon Uzoqov olib kelishdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita Boeing 787-8 Dreamliner’dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni ko‘pligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linmasi bilan farqlanadi.
 
Ushbu samolyotda  ham aviakompaniyaning boshqa Boeing 787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi  yonilg‘i tejash samaradorligini oshirish,  shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o‘rnatilgan. 
 
Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi – 24,  iqtisodiyot klassi – 246) ega.  Layner qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar,  pol qoplamalari hamda har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlangan.
 
Ma'lumotlarga qaraganda, "O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2020 yilgacha oltita Boeing 787 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ladi.
 
Milliy aviakompaniya mutaxassislarining yuqori    tayyorlik darajasi tufayli ekspluatatsiya jarayonida Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini 100 foizlik ishonchliligi ta'minlandi. Bugungi kunda aviakompaniyaning uchuv va texnik tarkibi uchinchi samolyotni ishga tushirishga ham to‘liq tayyor.
 
Yangi layner aviakompaniyaning parvozlar jadvaliga kiritilgan bo‘lib, uzoq masofalardagi qatnovlarda ekspluatatsiya qilinishi kutilmoqda. 
 
Ma'lumot o‘rnida, "O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Boeing 787 Dreamliner samolyotlariga buyurtma bergan birinchi aviakompaniyadir.  MAK Boeing 787 Dreamliner’ning  tijorat ekspluatatsiyasini 2016 yilda boshlagan. 2017 yilning 27 iyulida esa, O‘zbekiston Milliy aviatashuvchisi tarixda birinchi marta ushbu rusumdagi samolyotda Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk uzluksiz parvozini amalga oshirdi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1264 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь