• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga endi tibbiyot muassasalari xodimlari xizmat ko‘rsatadi
17:40
O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga endi tibbiyot muassasalari xodimlari xizmat ko‘rsatadi

Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikni o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldir.

Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.

Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil etilishi mumkin.

Logopediya shoxobchasining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Avvalroq O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani, karantin sababli Prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:493 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь