• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 28 » O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab “Yevro-5” yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi kerak
15:22
O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab “Yevro-5” yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi kerak

Iyul oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sharida "Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan, yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi va benzin bo‘lgan kamida bitta yoqilg‘i quyush shoxobchasi ochilishi kerak. Ushbu vazifa Prezidentning 25-iyundagi O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni bilan Energetika vazirligiga topshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Yevro-5” standartiga oid yoqilg‘ilar "O‘zbekneftgaz” AJning shoxobchalari orqali sotiladi. Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, Jizzakh Petroleum kompaniyasi ham xuddi shu turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochishni rejalashtirmoqda, u "O‘zbekneftgaz” va xorij mamlakatlaridan import qilingan yoqilg‘ilarni xarid qiladi.

Avvalroq Farg‘onada 2023-yildan boshlab Ai-92 benzin va "Yevro-5” standartidagi dizel ishlab chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

"Yevro-5” — zararli va chiqindi gazlar tarkibini tartibga soluvchi ekologik standart. 2008-yildan buyon Yevropa Ittifoqidagi barcha yangi yuk mashinalari, 2009-yil 1-sentabrdan barcha yengil mashinalar uchun majburiy qilib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi 2017-yilning iyun oyida "O‘zbekneftgaz” va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International kompaniyasining filiali) tomonidan tashkil qilingan. Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushi qayta taqsimlangan, "O‘zbekneftgaz”ning ulushi 60 foizdan 30 foizga kamaygan, xorijiy ta’sischilarning ulushi esa 40 foizdan 70 foizga oshgan.

Ayni paytda ta’sischilar tarkibidan Belvor Holding Limited (68 foiz), "O‘zbekneftgaz” (30 foiz) va Gas Project Development Central Asia (2 foiz) o‘rin olgan. Jizzakh Petroleum’ning rahbari Shokir Fayzullayev hisoblanadi. U avval "O‘zbekneftgaz” raisi va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:427 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь