• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Aprel » 8 » O‘zbekistonda yangi Qonun kuchga kirdi
21:32
O‘zbekistonda yangi Qonun kuchga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 aprel kuni "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 martda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2017 yil 28 martda
ma'qullangan
 
1-bob. Umumiy qoidalar
 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko‘maklashadi.
 
Kengash yuridik shaxsdir, u O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 
 
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
 
4-modda. Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari
 
Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, o‘z a'zolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir. 
 
Kengash va uning a'zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. 
 
Kengash o‘z faoliyatini faqat qonunga bo‘ysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
 
Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi. 
 
Kengash a'zolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi ta'sirlardan xoli bo‘lgano‘z nuqtai nazarini ifodalaydi. 
 
Kengashning barcha a'zolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir. 
 
Kengash o‘z faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
 
5-modda. Kengashning tarkibi va uni shakllantirish tartibi
 
Kengash rais, rais o‘rinbosari, uning a'zolari va kotibidan – jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi. 
 
Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi. 
 
Kengash raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini boshqaradi. 
 
Kengashning o‘n bir nafar a'zosi Kengash raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning ushbu a'zolaridan bir nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi. 
 
Kengash kotibi va uning yetti nafar a'zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi. 
 
Kengashning raisi, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a'zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan sakkiz nafar a'zosi, shu jumladan Kengash raisining o‘rinbosari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 
 
Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlanganva o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi o‘n bir nafar a'zosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning sho‘'balari hamda Sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi. 
 
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va vakolatlari 
 
6-modda. Kengashning asosiy vazifalari
 
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, eng malakali va mas'uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish; 
 
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
 
sudyalarni kasbiy tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalarning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek ularni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish; 
 
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish; 
 
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta'minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
 
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni jinoiy vama'muriy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish. 
 
7-modda. Kengashning vakolatlari
 
Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun: 
 
sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi; 
 
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi; 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; 
 
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari hamda rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; 
 
harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman,shahar sudlarining raislari va sudyalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi; 
 
sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o‘z arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay'atining tavsiyasiga ko‘ra qaytadan tayinlaydi; 
 
sudyalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o‘z arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay'atining tavsiyasiga ko‘ra qaytadan tayinlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritadi; 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi; 
 
qonunda nazarda tutilgan hollarda harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman,shahar sudlarining raislari va sudyalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimidan ozod qiladi; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga xulosalar kiritadi; 
 
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; 
 
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay'atlariga yuboradi; 
 
sudyalarni jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi; 
 
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta'minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; 
 
sudyalarning malaka hay'atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, sudyalarning malaka hay'atlari raislarihisobotlarini eshitadi; 
 
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalarini buzishmasalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi; 
 
sudyalarning faoliyatini ularningkasbiga munosibligi nuqtai nazaridan o‘rganadi; 
 
Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi; 
 
sudyalarning faoliyatini o‘rganish va baholash mezonlarini tasdiqlaydi; 
 
sudyalarni kasbiytayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi; 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti direktorining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini har yili eshitadi; 
 
sudyalik lavozimlariga birinchi martatayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamentini tasdiqlaydi. 
 
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
 
8-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni
 
Kengashning ijro etuvchi devoni o‘z faoliyatida Kengashga hisobdordir. 
 
Kengashning ijro etuvchi devoni tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
 
9-modda. Kengash raisining vakolatlari
 
Kengash raisi: 
 
Kengash faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; 
 
Kengashning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi; 
 
Kengash vakolatiga taalluqli masalalarni uning ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; 
 
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengash nomidan ish ko‘radi; 
 
Kengashning tegishli a'zolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi; 
 
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; 
 
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 
 
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini beradi; 
 
Kengashning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va moliya-xo‘jalik faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; 
 
Kengash nomidan qarorlarni, taqdimnomalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi. 
 
Kengash raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
 
10-modda. Kengash raisi o‘rinbosarining vakolatlari
 
Kengash raisining o‘rinbosari: 
 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini boshqaradi; 
 
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta'minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritadi; 
 
Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi. 
 
Kengash raisining o‘rinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
 
11-modda. Kengash kotibining vakolatlari
 
Kengash kotibi: 
 
Kengash a'zolarini majlislar o‘tkaziladigan sana va vaqt to‘g‘risida xabardor qiladi; 
 
Kengash a'zolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar bilan ta'minlaydi; 
 
Kengash majlislarini tayyorlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi; 
 
Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi; 
 
Kengash qarorlariningko‘chirma nusxalari manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yuborilishini ta'minlaydi; 
 
Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi; 
 
Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi; 
 
Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi. 
 
Kengash kotibi yo‘qligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshirig‘iga binoan Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a'zolaridan biri zimmasiga yuklatiladi. 
 
12-modda. Kengash a'zosining huquqlari 
 
Kengash a'zosi quyidagilarga haqli: 
 
Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni o‘rganish va ko‘rib chiqishda ishtirok etish; 
 
ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, o‘z dalil-asoslarini bayon qilish va qo‘shimcha materiallarni taqdim etish; 
 
sudyalar malaka hay'atlari tomonidan o‘tkaziladigan sudyalar faoliyatini baholash jarayonida ishtirok etish; 
 
Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur axborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan so‘rash hamda bepul asosda olish; 
 
Kengashning vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni majlislarda ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; 
 
Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va o‘zining alohida fikrini bayon etish. 
 
Kengash a'zosi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
 
13-modda. Kengash a'zosining majburiyatlari
 
Kengash a'zosi: 
 
o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi; 
 
sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipini ro‘yobga chiqarishda, sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va ularni o‘rganishga doir ishlarda Kengashga ko‘maklashishi; 
 
Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti to‘g‘risida o‘ziga ma'lum bo‘lib qolgan ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi; 
 
Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi; 
 
ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi; 
 
Kengash tomonidan ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha ovoz berishi shart. 
 
Kengash a'zosining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
 
3-bob. Kengashning faoliyatini tashkil etish
 
14-modda. Kengash majlisi
 
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi o‘zvakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab o‘tkaziladi. Kengash majlisi o‘z a'zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. 
 
Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
 
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi. 
 
Kengashning qaroriga rozi bo‘lmagan Kengash a'zosi xulosani imzolaydi va u o‘zining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli bo‘lib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e'lon qilinmaydi. O‘ziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash a'zosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. 
 
15-modda. Kengash majlislari maslahatlashuvining
sir tutilishi
 
Kengash a'zolarining ovoz berishi yopiq majlisda o‘tkaziladi. Ovoz berish chog‘ida Kengash a'zolaridan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 
Kengash a'zosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash a'zolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 
Kengash a'zolari ko‘rsatilgan axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
 
16-modda. Kengash a'zosini rad etish va uning
o‘zini o‘zi rad etishi
 
Kengash a'zosi, agar u: 
 
Kengash majlisida nomzodi ko‘rilayotgan shaxsga xizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram bo‘lsa yoxud uning yaqin qarindoshi bo‘lsa; 
 
Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa,Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak. 
 
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Kengash a'zosi o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar bo‘yicha Kengashning boshqa a'zolari tomonidan,shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin. 
 
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan bo‘lishi kerak. 
 
Rad etish bildirilgan Kengash a'zosi rad etish to‘g‘risidagi masala ko‘rilishidan oldin o‘z tushuntirishlarini berishga haqli. 
 
Rad etish to‘g‘risidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yo‘qligida Kengashning qolgan a'zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Kengash a'zosi rad etilgan hisoblanadi. 
 
Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi to‘g‘risida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qo‘yiladi. 
 
17-modda. Kengash qarorlari 
 
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi. 
 
Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin: 
 
sudyalik lavozimiga nomzodni zaxiraga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida; 
 
nomzodning ko‘rsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqida; 
 
sudyalik lavozimiga tayinlash, qayta tayinlash to‘g‘risida; 
 
sudyalarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida; 
 
sudyaga nisbatan intizomiy ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida; 
 
sudyani jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida; 
 
sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida. 
 
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin. 
 
Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir. 
 
18-modda. Kengashning davlat organlari va boshqa
tashkilotlar bilan hamkorligi 
 
Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodningmunosibligini aniqlashda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) vakolatli organning fikrini so‘rab oladi. Vakolatli organ Kengashning so‘rovi olingan kundan e'tiboran bir oy muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak.
 
Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini o‘rganayotganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiningva boshqa tashkilotlarning nomzodningushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagifikrini so‘rab oladi. Kengashning so‘roviga so‘rov kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak. 
 
4-bob. Sudyalar korpusini shakllantirish
 
19-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish chog‘ida 
sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi
 
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi. 
 
20-modda. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasi
 
Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) shakllantiradi. 
 
Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 
 
Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega bo‘lgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obro‘-e'tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo‘yicha kamida besh yillikish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. 
 
Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas: 
 
muqaddam sudlanganlar; 
 
odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lganlar; 
 
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; 
 
o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda tugatilganlar. 
 
Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda tutilgan mezonlarga munosibligini o‘rganish va Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish natijalariga ko‘ra Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi. 
 
Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi: 
 
zaxiradan chiqarish to‘g‘risida o‘zi ariza berganda; 
 
sudyalik lavozimlariga nomzodlar tayyorlanadigan maxsus kurslarga qabul qilish tanlovidan o‘tmaganda; 
 
uning o‘qish va stajirovka natijalari qoniqarsiz baholanganda; 
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; 
 
unda odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo bo‘lganda; 
 
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda; 
 
vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb e'lon qilinganda; 
 
jinoyat yoki o‘zining sha'ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etganda; 
 
uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda. 
 
Sudyalik lavozimiga nomzod, agar u uch yildan ortiq muddat davomida sudyalik lavozimiga ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham zaxiradan chiqariladi. 
 
21-modda. Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni 
tanlashning asosiy mezonlari
 
Benuqson obro‘-e'tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir. 
 
22-modda. Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa 
sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari
 
Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obro‘-e'tiborga ega bo‘lishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir. 
 
Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonun hujjatlari normalarini qo‘llash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi. 
 
23-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy 
tekshiruvdan o‘tkazilishi 
 
Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarningvajismoniy nuqsonlarningro‘yxati Kengashning va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi hujjatning shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
 
24-modda. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash 
tartibi
 
Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi. 
 
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod o‘qish va stajirovkani muvaffaqiyatli o‘taganidan so‘ng bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega. 
 
Boshqa sudyalik lavozimiga nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya Kengashga ariza va zarur hujjatlarni beradi. 
 
Sudya vakolat muddati tugashiga kamida olti oy qolganda Kengashga yangi vakolat muddatiga ko‘rsatish yoki ko‘rsatishdan voz kechish to‘g‘risida ariza va zarur hujjatlarni beradi. 
 
Tegishli sudyalar malaka hay'ati Kengashga sudyalik lavozimiga nomzod bo‘yicha xulosa taqdim etadi. 
 
Agar sudya o‘zi da'vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli. 
 
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan – suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress so‘rovlardan foydalanilishi mumkin. 
 
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufaylio‘ziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagixulosasi chiqarilgan shaxs bir yil o‘tgach, zaxiraga kiritish to‘g‘risida Kengashga ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin. 
 
Zaxiraga kiritishboshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritishto‘g‘risida Kengashga ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin. 
 
25-modda. Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish
 
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonun hujjatlaridagi oxirgi o‘zgartishlar hamda zamonaviy huquqni qo‘llash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi. 
 
Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 
 
Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi. 
 
5-bob. Kengash a'zosining mustaqilligi kafolatlari
va maqomi. Moddiy va ijtimoiy ta'minot
 
26-modda. Kengash a'zosining mustaqilligini ta'minlash
 
Kengash a'zosining mustaqilligi quyidagilar orqali ta'minlanadi: 
 
uning qonunda belgilangan tartibda tayinlanishi (tasdiqlanishi); 
 
uning daxlsizligi; 
 
Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi; 
 
uning yuksak maqomiga muvofiqunga davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta'minot berilishi. 
 
27-modda. Kengash a'zosining vakolatlari muddati 
 
Kengash a'zosi besh yil muddatga tayinlanadi (tasdiqlanadi). 
 
Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a'zosi surunkasiga ikki muddatdan ortiq tayinlanishi (tasdiqlanishi) mumkin emas. 
 
28-modda. Kengash a'zosining daxlsizligi
 
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a'zosiga nisbatanushbu moddaning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, "Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi. 
 
Kengash a'zosi Kengashning roziligisiz jinoiy va ma'muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas. 
 
Kengash a'zosiga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. 
 
29-modda. Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a'zosi moddiy va ijtimoiy ta'minoti
 
Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a'zosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir. 
 
Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a'zolari xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlari olgan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. 
 
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a'zolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash a'zosi lavozimida bo‘lishi davrida saqlanib qoladi. 
 
30-modda. Kengash a'zosining vakolatlarini muddatidan
ilgari tugatish
 
Kengash a'zosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: 
 
vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda; 
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; 
 
o‘z faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo bo‘lganda; 
 
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda; 
 
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e'lon qilinganda; 
 
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; 
 
o‘zining sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadiganxatti-harakatlar sodir etganda. 
 
31-modda. Kengash a'zosining vakolatlari tugaganidan keyin uni ish bilan ta'minlash kafolatlari
 
Kengash raisi va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ulargalavozimga tayinlanishiga (tasdiqlanishiga) qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi. 
 
Sudyalar orasidan tasdiqlanganKengash a'zolari o‘z vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng bo‘lgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi. 
 
32-modda. Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarining
moddiy va ijtimoiy ta'minoti
 
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, ko‘p yillik xizmat muddati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir. 
 
Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qo‘shimcha haq,ko‘p yillik xizmat muddati uchun ustamalar to‘lanadi. 
 
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi. 
 
6-bob. Yakunlovchi qoidalar 
 
33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining Reglamenti
 
Kengash o‘zishini o‘zi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi. 
 
34-modda. Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlash
 
Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
 
35-modda. Kengash a'zosining va Kengash ijro etuvchi devoni xodimining guvohnomasi
 
Kengash raisiga va uning o‘rinbosariga guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa a'zolari va ijro etuvchi devoni xodimlariga esa,Kengash raisi tomonidan beriladi. 
 
36-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta'minlash
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamdamohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta'minlasin. 
 
37-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga
muvofiqlashtirish 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
 
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; 
 
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin. 
 
38-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
 
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. 


O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
 
Toshkent shahri,
2017 yil 6 aprel
№ O‘RQ-427
Категория: Har-Hil | Просмотров:2472 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda yangi Qonun kuchga ki | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930