• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Aprel » 28 » O‘zbekistonda yangi baliq turi kashf etildi
16:00
O‘zbekistonda yangi baliq turi kashf etildi

Xitoyning Chunsin shahri Janubiy-g‘arbiy universitetida O‘zbekiston ixtiofaunasi bo‘yicha bir necha yildan beri tadqiqot olib borayotgan biolog-ixtiolog Baxtiyor Sheraliyev O‘zbekiston ixtiofaunasi uchun yangi bo‘lgan baliq turini kashf etishga muvaffaq bo‘ldi. Kashfiyot kuni kecha xalqaro Journal of Fish Biology ilmiy jurnalida chop qilindi.

Umurtqali hayvonlar orasida yangi turlarning topilishi fan uchun nisbatan noyob hodisa hisoblanadi. Yangi kashf etilgan baliq karpsimonlar turkumi yalangbaliqlar oilasiga kiradi. Bugungi kunda O‘zbekiston suv havzalarida 70 turdan ortiq baliq turlari tarqalgan bo‘lib, ularning ichida yalangbaliqlar soni 10 taga yetadi. Yangi tur Farg‘ona vodiysi Sirdaryo havzasining tog‘li mintaqalaridan kashf etilgan.

"Ikki yil avval respublika bo‘ylab o‘tkazilgan ilmiy ekspeditsiyamiz Farg‘ona vodiysida yakunlangandi. So‘nggi namunalarni yurtimizning eng go‘zal qismi Shohimardon qishlog‘idagi daryolardan yig‘gan edik. U yerdan yiqqan namunalarimiz orasidagi bir yalangbaliq yurtimizning boshqa joylarida uchraydigan yalangbaliqdan farq qilardi. Ishonch hosil qilish uchun uni morfologik tadqiq qildik. Xitoydagi maxsus laboratoriyamizda DNK barkoding usulida molekulyar genetik jihatdan o‘rgandik. Yakunda uning yangi tur ekanligiga shubha qolmadi”, - deydi tadqiqotchi.

Yangi turga u kashf qilingan mintaqa – Farg‘ona vodiysi sharafiga Farg‘ona yalangbalig‘i (Triplophysa ferganaensis) deb nom berildi. Ushbu tur O‘zbekiston, jumladan Farg‘ona vodiysi endemik turi hisoblanadi.

"Aholi orasida «ilonbaliq» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu baliqning bizda bir nechta turi bor. Ular tashqi tomondan bir qarashda o‘xshash bo‘lsa-da, Zarafshonda uchraydigan tur, Toshkentning Chirchig‘idagi turdan, u esa Farg‘ona vodiysidagi Qoradaryoda uchraydigan turdan keskin farqlanadi. Yangi kashf qilingan Farg‘ona yalangbalig‘i esa yuqoridagi turlardan baland tog‘ mintaqasida uchrashi bilan ajralib turadi. Ushbu baliq turlari Kaynozoy erasining miotsen epoxasida paydo bo‘lgan bo‘lib, ular o‘sha davr paleogeologiyasi va paleoiqlimini o‘rganishda eng muhim manba hisoblanadi. Shu bois ham yangi kashf etilgan tur nafaqat O‘zbekiston ilm-fani uchun, balki jahon ixtiologiya ilm-fani uchun ham katta yangilik bo‘ldi”, - deb ta'kidlaydi tadqiqotchi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930