• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » O‘zbekistonda yana bir orden ta’sis etiladi
16:28
O‘zbekistonda yana bir orden ta’sis etiladi

O‘zbekistonda "Faxriy murabbiy” ordeni ta’sis etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun loyihasida qayd etilgan.

Hujjat bilan "Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining chuqur bilim va boy tajribasi bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgan davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e’tibor qozongan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.

"Faxriy murabbiy” ordeni bilan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

"Faxriy murabbiy” ordeni bilan:

•  yoshlarni miliy qadriyat va an’analarga, katta avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularda ilm-ma’rifat, ma’naviyat va odob-ahloq ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi ulkan xizmatlari;

•  faoliyati davomida chuqur bilim, yuqori malaka hamda keng tafakkurga ega shogirdlarni tarbiyalash orqali O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga bevosita hissa qo‘shganligi;

•  ilm-fan sohasida yosh olimlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlaridagi alohida xizmatlari;

•  "Ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi fidoyiligi;

•  o‘zbek sportini dunyoga tanitish, sohada umidli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda va oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror 
toptirish, ommaviy sportni rivojlantirish borasida erishgan yuksak natijalari;

•  yoshlar ongiga milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlarni singdirish, ularni ilm-ma’rifatga yo‘naltirishdagi xizmatlari;

•  uyushmagan yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular o‘rtasida turli salbiy illatlarning oldini olish borasidagi katta xizmatlari;

•  yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoshlarni o‘z otalig‘iga olib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qalbi va ongida ona vatanga sadoqat, mardlik, halollik, adolatlilik kabi ezgu fazilatlarni shakllantirish, komil inson etib tarbiyalash ishlaridagi samarali xizmatlari;

•  hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, shuningdek, aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash jarayonidagi faol ishtiroki;

•  mahallalarda va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, "Oila – muqaddas” degan ezgu g‘oyalarni ijtimoiy hayotga tadbiq etish ishlarida ko‘rsatgan jonbozligi va ibratli faoliyati uchun mukofotlanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:595 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь