• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » O‘zbekistonda xorijliklar uchun Tax-free tartibi qachondan joriy etilishi ma’lum bo‘ldi
16:21
O‘zbekistonda xorijliklar uchun Tax-free tartibi qachondan joriy etilishi ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimi O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyuldan joriy etilishi kutilyapti.

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududida tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Bunda ushbu nizomda Tax-free tizimida ishtirok etuvchi chakana savdo tashkilotlari tomonidan beriladigan, olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun asos bo‘luvchi "QQS qaytarilishi uchun chek” maxsus shakldagi chekning shaklini hamda chakana savdo tashkilotlarini Tax-free tizimida ishtirok etishini bildiruvchi maxsus emblemalarning namunalarini ko‘zda tutadi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Tax-free tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi Tax-free tizimining yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi;

Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga maxsus qaytarish punktlari bilan ishlash sektorini hamda hududiy bo‘linmalari tuzilmasida belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida 11 ta shtat birliklaridan iborat bo‘lgan maxsus qaytarish punktlarini tashkil qiladi;

2020-yilning 1-iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlarini O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida O‘zbekistonning davlat chegarasini o‘tkazish punktlarini orqali kesib o‘tilganidan so‘ng neytral hududlarda joylashtirilishini hamda ularni zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.
Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyuldan boshlab Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli hisob-kitoblarga asosan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni har oy yakunlari bilan respublika budjetiga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlarni kamaytirgan holda ajratib boradi.

Belgilanishicha:

Tax-free tizimining yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha buyurtmachi Davlat soliq qo‘mitasi hisoblanadi;

Tax-free tizimining yagona elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda maxsus qaytarish punktlarini zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:517 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031