• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 27 » O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin
21:00
O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin

O‘zbekistonda vino mahsulotlari reklamasi yana televideniyega qaytishi mumkin. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasining reklama faoliyatining nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov ma’lum qildi, deya xabar beradi "Xalq so‘zi”.
Ayni vaqtda "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda vino mahsulotlarini reklama qilishga qo‘yilgan taqiqni yumshatish ham taklif qilingan. Taklif ayni vaqtda "O‘zsharobsanoat”ga taqdim etilgan va u yerda ko‘rib chiqilmoqda.

"TV orqali bu turdagi reklamani faqat kechki 23:00 dan tonggi 06:00 gacha ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilingan. Yana bir muhim masala: bunday reklamalarda odamlar tasviri va animatsiyadan foydalanish taqiqlanadi. Ya’ni, chiroyli qizlar yoki sportchi yigitlar sharob ichib turgani tasvirlangan reklama yaratish mumkin bo‘lmaydi”, — deydi Azimov.

Hozircha bunday turdagi reklamalarni faqatgina TV orqali berish masalasi loyihaga kiritilgan. Shuningdek, internet orqali faqat ishlab chiqaruvchilarga mahsulotini reklama qilishga ruxsat berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

"Biz shuningdek, statsionar savdo nuqtalariga reklamalarni joylashtirishni va ishlab chiqaruvchilarga mamlakat ichida tashkil qilingan ko‘rgazmalarda voyaga yetgan shaxslar uchun bepul mahsulotlar namunalarini tarqatishga ruxsat berishni rejalashtirganmiz. Bularning barchasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shartlarni mahalliy pivo mahsulotini reklama qilish uchun taklif etmoqchimiz”, — dedi Azimov.

Ayni vaqtda idora bu borada Turkiya tajribasini o‘rganmoqda. Chunki mazkur davlatda ham bu turdagi mahsulotlar reklamasi uchun qat’iy taqiqlar joriy qilingan. Shuningdek ikki mamlakat mentaliteti o‘xshashligi ham bunga asos bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari reklamasi 2010-yildan boshlab butunlay taqiqlangandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1078 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930