• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » O‘zbekistonda to‘yxonalar boshqa faoliyat turlariga qayta ixtisoslashtirilishi mumkin
20:04
O‘zbekistonda to‘yxonalar boshqa faoliyat turlariga qayta ixtisoslashtirilishi mumkin

Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 27-fevral, payshanba kuni, bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida Qonunchilik palatasi Kengashi hamda Senat Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga asosan tayyorlangan qonun keng muhokama qilindi.
Yig‘ilishdan so‘ng Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi G‘iyosiddin Rejabov OAV vakillariga
intervyu berarkan, u to‘yxonalar soddalashtirilgan tartibda boshqa faoliyat turlariga qayta ixtisoslashtirilishi kutilayotganini qayd etdi.

"To‘yxona 500 yoki 1000 kishilik bo‘lsa, uni buzib, qaytadan 250 kishilikka moslab qurish kerak, degan talab umuman yo‘q. Ammo katta to‘yxonalarni soddalashtirilgan tartibda boshqa faoliyat turlariga qayta ixtisoslashtirish masalasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Dastlabki xatlov va tahlil natijalariga ko‘ra, aksariyat to‘yxonalarni konsert va ommaviy tomosha o‘tkazishga mo‘ljallab ixtisoslashtirish yuzasidan ko‘plab murojaatlar bo‘lgan. To‘yxonalarimizning ko‘pi evakuatsiya, yong‘in xavfsizligi kabi talablarga to‘la javob beradi.

Shuningdek, to‘yxonalarni kinoteatrlar faoliyatiga ixtisoslashtirish masalasi ham "O‘zbekkino” milliy agentiligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamkorligida o‘rganilmoqda. Kinematografiyani 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqishda ham to‘yxona, kafe va restoran egalari bo‘lgan tadbirkor subyektlari manfaatlarini nazarda tutamiz.

Agar tadbirkor 1000 kishilik to‘yxonasida fitnes, kinoteatr, tomosha zali kabi boshqa faoliyat turlarini ham yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lsa, bunga sira qarshilik yo‘q. Mabodo qayta ixtisoslashtirish jarayonida qandaydir muammo tug‘ilsa, uni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi hukumat vakili, deya uning so‘zlarini keltirmoqda "Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:517 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031