• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlangan joylar aniq ro‘yxati tuzilishi mumkin
22:26
O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlangan joylar aniq ro‘yxati tuzilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3-dekabr kuni o‘tkazilgan majlisida deputatlar "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqdi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki hamda nikotin iste’mol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan vaqt mobaynida qonun loyihasi qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan seminar va davra suhbatlarida ilgari surilgan takliflar, deputatlar bergan tavsiyalar atroflicha o‘rganilib, maromiga yetkazilgan. Qonunchilik texnikasidan kelib chiqqan holda loyihaning ba’zi bir moddalari o‘zaro muvofiqlashtirilib, tarkibiy jihatdan tuzatishlar kiritilgan.

Qonun loyihada alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda.

Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining majburiyatlari qonun loyihasida o‘z aksini topyapti. Xususan, noqonuniy aylamaning oldini olish uchun import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni raqamli markirovkalash, ishlab chiqarish hajmlari va aylanmasini hisobga olish axborot tizimlarining tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan qizg‘in muhokama etilgan va bahsli bo‘lgan ayrim moddalarga takliflar berilgan. Bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, loyihani yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda pivodan boshqa barcha spirtli ichimliklar narxi ko‘tarilgani, O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash takomillashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:463 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031