• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » O‘zbekistonda tabiiy gaz narxi oshishi mumkin
12:59
O‘zbekistonda tabiiy gaz narxi oshishi mumkin

O‘zbekistonda tabiiy gaz narxining pastligi soha rivojiga to‘siq hisoblanadi. Bu haqda korporativ transformatsiyalar bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki maslahatchisi Arild Dirsert "O‘ztransgaz” kompaniyasi axborot xizmatiga bergan intervyusida shu haqda ta’kidab o‘tdi.

"Tabiiy gaz uchun ichki narxning past ekani gazdan samarasiz ko‘p foydalanishni rag‘batlantirmoqda va gaz yetkazib berish uchun talab etiladigan investitsiyalar, gazotransport tizimni xavf ostiga qo‘ymoqda. Bu vaziyat eskirgan gazotransport infratuzilmasini bugun zudlik bilan zamonaviylashtirishni talab etadi”, — deydi norvegiyalik mutaxassis.

Arild Dirsertning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi tabiiy gaz sektori manfaatdor tomonining roli va strukturasini sohaga moslashtirib borsa, erkin gaz bozorida kuzatilganidek mamlakatning o‘ziga foyda bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gaz sektorida o‘sish bo‘ladi.

Arild Dirsert "O‘ztransgaz” moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi uchun kompaniya xizmat funksiyalari bo‘yicha bo‘linishi zarurligini aytdi. U gaplarini qayta tashkil etilgan "O‘zbekneftgaz” misolida tushuntirdi. Qolaversa, gaz qazib chiqaruvchilar o‘z mahsulotini erkin bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Hukumatdagi manbasi mutaxassisning fikri tez orada tabiiy gaz narxi yana oshirilishiga ishora qilishini aytdi. Uning bildirishicha, O‘zbekiston gaz uchun ichki narxni jahon bozori darajasiga yetkazmay, investorlarni jalb etishi pirovard maqsadga yetishtirmaydi. Negaki investor quyi narxlar bilan kiritgan sarmoyadan foyda ko‘rmaydi.

Hukumat qaror loyihasida 2020−2025-yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxiralarining ortishi 361 milliard kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga yetishi mumkinligi bildirilgandi. Shuning bilan hukumat Markaziy Osiyoda gaz habini yaratish va birja bozorini rivojlantirishni ko‘zlagan.

Ammo bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma’lumoti bo‘yicha, bir hafta davomida 41ta holatda 28 milliard so‘mlik (2,94 million dollar) tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan. Ya’ni soha bir vaqtning o‘zida korrupsiya, talon-toroj qilishlar hamda samarasiz boshqaruv tizimi bilan kurashmoqda.

Oxirgi marta tabiiy gaz uchun ichki narx 2019-yil 15-avgustda oshirilgan. Ayni paytda aholiga yetkazib berilayotgan 1 kub metr tabiiy gazning bahosi gazhisoblagich bo‘lganda 380 so‘mni tashkil etadi. Hisoblagich bo‘lmaganda ovqat pishirish yoki sovuq suvni isitish uchun ishlatiladigan gazning narxi 660 so‘m, xonani isitish uchun esa 380 so‘m etib belgilangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031