• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Aprel » 23 » O‘zbekistonda sovuq ob-havo kutilyaptimi? Sinoptiklar rasmiy ma’lumot berdi
11:41
O‘zbekistonda sovuq ob-havo kutilyaptimi? Sinoptiklar rasmiy ma’lumot berdi

Avvalroq, yaqin kunlarda Qozog‘istonda havoning keskin o‘zgarishi va qor yog‘ishi haqida xabar bergan edik. Qozog‘istondagi ob-havoning o‘zgarishi, uning O‘zbekistonga ta’siri bor-yo‘qligi tabiiy ravishda odamlarni qiziqtiradi. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, bugun va ertaga Qozog‘istonning g‘arbiy hududlari Rossiyaning Yevropa tumanlaridan kirgan juda faol atmosfera fronti ta’sirida bo‘ladi.

Sovuq front o‘tishi natijasida Qozog‘iston gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar, kuchli shamol (23-28 m/s gacha) va haroratning sovib ketishini prognoz qilmoqda.

Qozog‘istondan o‘tayotgan oqim juda kuchsiz ko‘rinishda O‘zbekistonning faqat shimoli-g‘arbiy hududlariga ta’sir qiladi. 23 aprelda Qoraqalpog‘iston hududida, 24 aprelda esa Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 
metrga yetadi, harorat kechasi 7-12, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi.

24 aprel kechga borib Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetadi. 25 aprelda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va O‘zbekistonning janubiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 25 aprelda kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Biroq bu jarayon Qozog‘iston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq emas, bu Turkmaniston hududidan kirayotgan nam havo oqimi natijasidir.

Sinoptiklar yaqin kunlarda ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayotganini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:608 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь