• Xavfli Cho'qqi - O'zbek Tilida
  • Qora Niqob - O'zbek Tilida
  • Sukunat Azobi - O'zbek Tilida
  • Mellori - O'zbek Tilida
  • Vulqon - O'zbek Tilida
  • Viking Bo'ri - O'zbek Tilida
  • Qora Belbog' - O'zbek Tilida
  • Lochin Ovi - O'zbek Tilida
  • Bunraku - O'zbek Tilida
  • G'aroyib Samuraylar - O'zbek Tilida
  • Vahshiylar - O'zbek Tilida
  • Tuman - O'zbek Tilida
  • Qonli Olmos - O'zbek Tilida
  • Ko'cha Jangchisi - O'zbek Tilida
  • Katta Aka - O'zbek Tilida
  • O'tmishning Arvohlari - O'zbek Tilida
  • Halokat - O'zbek Tilida
  • Ilonlar Hujumi - O'zbek Tilida
  • Ajdarho Yo'li - O'zbek Tilida
  • Qor Bo'roni - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 671
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

Шохида
Admin555555
Admin55555
Dagees
arzuwjan05
Vaziyatga12345
logiskylogina
Shaxijon_2001
Samuray192919
Arsenbek
Главная » 2022 » Dekabr » 29 » O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortildi
21:49
O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda 2021—2022-yillarda besh mingga yaqin mansabdor shaxs korrupsiya jinoyati bo‘yicha ayblanib, javobgarlikka tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlari nihoyatda past. Xususan, Transparency International korrupsiya bo‘yicha indeksda mamlakat 140-o‘rinda turibdi.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev ham alohida to‘xtalib kelmoqda. Jumladan, prezident 20-dekabr kungi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida korrupsiya muammosiga alohida to‘xtalib, uning oqibatlari bilan emas, balki sabablari bilan kurashishga e’tibor qaratdi.

"Xalq bizdan yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va kasalxonalar qurishni, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirishni, ichimlik suvi va elektr energiyasi, yo‘l va transport bilan bog‘liq mahalliy muammolarni hal etishni, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishni, yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratishni, adolatni ta’minlashni kutmoqda”, — dedi davlat rahbari.

Hozirda O‘zbekistonda keng jamoatchilik ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratilmoqda. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan takomillashtirildi, Prezidentning Xalq va virtual qabulxonalari, ishonch telefoni, shuningdek, vazirlik va idoralarning tegishli operatorlari tashkil etildi.

2022-yilda "Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonun va davlat xizmatchilarining axloqiy xulq-atvorining namunaviy qoidalari qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlar belgilandi. Prezident murojaatnomasida davlat organlari rahbarlarining siyosiy-huquqiy javobgarligi institutini joriy etishni ham taklif etgan.

Shuningdek, hukumat qarorlari, mamlakat hayotiga taalluqli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish kollegial tarzda, bevosita vazirlar ishtirokida amalga oshirilishi taklif qilinmoqda. Deputatlar, senatorlar, mahalliy kengashlarga aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil o‘tkazish, korrupsiyaga barham berishda faollik ko‘rsatish topshirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:83 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031