• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » O‘zbekistonda Rossiya va Turkiyaning tibbiyot universitetlari filiallarini ochish rejalashtirilmoqda
21:44
O‘zbekistonda Rossiya va Turkiyaning tibbiyot universitetlari filiallarini ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti hamda Turkiyaning Bahcheshehir universiteti filiali va klinikalarini ochish rejalashtirilmoqda. Bu masala Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat rahbari muhim masalaga e’tibor qaratdi. Xastalik omillarini tahlil qilib, davolovchi shifokorlarga profilaktika yo‘nalishida asoslangan tavsiya beradigan mutaxasislarni tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti hamda Turkiyaning Bahcheshehir universiteti filiali va klinikalarini ochish ishlarini jadallashtirish kerakligi qayd etildi.

Prezident ushbu sohada fanni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur muassasalar hududlardagi kasallik omillari va sabablarini tahlil qilib, ularning har biri bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi, agentlik har bir hudud bo‘yicha dasturlar qabul qilishi va hokimliklar bilan ijrosini tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining hozirgi ahvoli bu ishlarni tashkil etishga tayyor emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ovqatlanish, mehnat, o‘smirlar gigiyenasi bilan shug‘ullanadigan, sanitar me’yor va qoidalarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot institutida atigi 13,5 ta shtat mavjud.

Shuningdek, yosh bolalar o‘rtasida parazitar, raxit va distrofiya kasalliklari xavfi katta bo‘lsa-da, ularning oldini olish va davolashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Vaholanki, ushbu xastaliklar bolalarning immun tizimini ishdan chiqarib, boshqa dardlarga moyilligini kuchaytiradi.

Shu sababli, Samarqanddagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga biriktiriladi. Ular negizida Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, davolash jarayoni ilm bilan birga amalga oshiriladi.

Avvalroq Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashkil qilingan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:541 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031