• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Aprel » 27 » O‘zbekistonda qulupnay narxi qariyb 5 barobarga tushib, o‘rtacha ulgurji narxlar 20 ming so‘mgacha pasaydi
20:57
O‘zbekistonda qulupnay narxi qariyb 5 barobarga tushib, o‘rtacha ulgurji narxlar 20 ming so‘mgacha pasaydi

Bir hafta ichida qulupnay narxlari keskin tushib ketdi. Narxlarning bunday tushishi ob-havo sharoiti bilan bog‘liq. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2022-yilning 15-aprelidan 22-apreliga qadar qulupnayning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilo uchun 90 ming so‘mdan 20 ming so‘mga tushib ketgan. Bir hafta ichida narxlar 4,5 barobar pasaygan. 

Agar aprel oyi boshidan buyon ulgurji narxlar dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, so‘nggi ikki hafta ichida o‘rtacha narxlar 2022-yilning 8-aprelida qayd etilgan maksimal qiymat — 110 000 so‘mga nisbatan 5,5 barobar arzonlagan.

2022-yilning 22-aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 3 barobar past.

Toshkentdagi "Korzinka.uz” supermarketlarida qulupnay 27 990 so‘mdan sotilmoqda.

O‘n kun avval qo‘shni Tojikistonda  qulupnayning ulgurji narxi bir kunda 2 barobar tushib ketgan va keyingi kunlarda ham pasaygan edi.

Bahorgi anomal sovuqlardan so‘ng darhol issiq yoz boshlandi. Shu bois rezavorlar juda tez pishib yetila boshladi. Qolaversa, qulupnay yuqori haroratda buzilmasligi uchun tez sotilishi kerak bo‘lgani bois ham fermerlar narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lmoqda, — deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidov.

Mart oyidagi g‘ayritabiiy sovuq va seryomg‘ir ob-havodan so‘ng aprel oyida O‘zbekistonda ham Tojikistonga o‘xshash ob-havo o‘zgarishlari va harorat dinamikasi kuzatildi. O‘zbekistonda qulupnay narxining tushishi xuddi shu omillar bilan izohlanmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda ertapishar olmaning kilosi 117 ming so‘mdan 130 ming so‘mgacha sotilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:605 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930