• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 378
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Главная » 2020 » Fevral » 22 » O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinuvchi yangi qonun loyihasi muhokama qilindi
16:40
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinuvchi yangi qonun loyihasi muhokama qilindi

"O‘zbekzargarsanoat” uyushmasida Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Parlament saytida ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan mazkur qonun loyihasining maqsadi mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va ijtimoiy-madaniy manfaatlarini ta’minlash, O‘zbekiston subyektlarining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish, ishlab chiqarish, ulardan foydalanish hamda ularning muomalada bo‘lishi sohasida shartnomalar tuzish xususiyatlarini belgilashdan iborat.

Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi davlat organlari, boshqa ishtirokchilarning vakolatlari hamda javobgarlik sohasini aniq chegaralash ko‘zda tutilgan. Sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish va raqobat muhitini yaxshilash masalalari e’tibordan chetda qolmagan.

Shu bilan birga, loyihada kelgusida sohada tenglik muhitni yaratish, mahsulotlarning tannarxini tushirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyat berish asosida yangi ish joylarini tashkil etishdan hamda soliq tushumlar miqdorini ko‘paytirish kabilar nazarda tutilgan.

Amaldagi "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi qonun faqat realizatsiya qilishga mo‘ljallangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alashga bag‘ishlangan bo‘lib, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasini to‘liq qamrab olmagan.

Muhokama etilayotgan qonun loyihasi hozirda ushbu sohada mavjud bo‘lgan xufiyona iqtisodiyotni bartaraf etishga va sohada qonuniy faoliyat yuritishga imkoniyat yaratadi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarning shu sohadagi faoliyatini jadal rivojlantirishga, ularning huquqlarining ishonchli himoya qilinishiga, qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasining oldi olinishiga yordam beradi.

14-fevral kuni Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini birinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:639 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829