• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibi soddalashtiriladi
19:50
O‘zbekistonda pensiya tayinlash tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga muvofiq, fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma’lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
Davlat dasturini tasdiqlovchi farmonda qayd etilishicha, 

Prezidentning 2019-yil 31-oktabrdagi qaroriga asosan, 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash "Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturida mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Yangi joriy etiladigan tartibga muvofiq, pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlari taqdim etilmaydi. Bunda 2005—2016-yillar davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Shuningdek, 2016—2018-yillar davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalaniladi hamda 2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlari hisobga olinadi.

Mazkur davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma’lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi uch oy muddatda "Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturi orqali 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davr uchun zarur ma’lumotlarni yagona tizim orqali yig‘ish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qiladi hamda ushbu tizim to‘liq ishlashini ta’minlash uchun ma’lumotlarni raqamlashtiradi.

Avvalroq O‘zbekistonda pensiya yoshining oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan. Biroq Pensiya jamg‘armasi pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasida pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmaganini ma’lum qildi. Sobiq moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham xuddi shunday bayonot bergan. Deputat Rasul Kusherbayev esa O‘zbekistonda pensiya yoshining uzaytirilishi yuz minglab ishsiz yoshlar "armiyasi”ni paydo qilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident tomonidan imzolangan mazkur farmonga muvofiq, 2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy sotib olishga ruxsat beriladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031