• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 4 » O‘zbekistonda oltin yombilarini qanday sotib olish mumkin?
11:06
O‘zbekistonda oltin yombilarini qanday sotib olish mumkin?

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan o‘lchovli yombilarni  MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali sotish va qaytarib sotib olish mumkin. 

Bu haqda joriy yilning 30 iyun kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorida so‘z boradi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yombilar narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasi, so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursi, shuningdek, 

Markaziy bankning marja va chegirmasidan kelib chiqqan holda har kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Bunda MB foyda olish maqsadini ko‘zlamaydi.

Sotib olish tartibi qanday jarayonlardan iborat?

-Jismoniy yoki yuridik shaxslar yombini sotib olish uchun shoxobchaga murojaat qiladi va naqd va naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan to‘lovni amalga oshiradi;

- Shu kunning o‘zida sertifikat bilan qadoqlangan holdagi yombi xaridorga topshiriladi; 

- Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega bo‘ladi va ushbu raqam yombining yuza qismida ko‘rsatiladi.

"Qadog‘i buzilmagan va sertifikatga ega yombini qaytarib sotish uchun yombi egasi shoxobchaga murojaat qiladi. Shu kunning o‘zida bank qaytarib sotib olingan yombi bo‘yicha uning egasi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi”, deyiladi ma’lumotda.
 
Ta’kidlanishicha, qadog‘i buzilgan yoki qadoqsiz yombilar almashtirilishi mumkin. 20 ish kuni mobaynida topshirilgan yombi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida texnik ekspertizadan o‘tkaziladi, shundan keyin yombi egasiga beriladi.
 
Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.
 
Ma’lum qilinishicha, hujjat 30 iyundan kuchga kirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:425 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031