• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sof palladiy olindi
08:37
O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sof palladiy olindi

O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli birinchi bor yuqori tozalikdagi 99 foizlik sof palladiy kukunini olishga erishildi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar qilgan.

Tozalangan sof palladiy kukunini ajratib olish uchun 17 ta jarayonni bosib o‘tish talab etiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida past konsentratsiyali elektrolit eritmalaridan yuqori tozalikka ega bo‘lgan sof palladiy kukunini ajratib olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilib, metall ajratib olish darajasi 80 foizga olib chiqildi.

"Bugun dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy ishlab chiqarish sanoati yildan yilga sohaviy tarzda takomillashib bormoqda. Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metall asosan zargarlik, tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Palladiy ishlab chiqarish sanoatining 40 foizi, asosan, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Rossiya, Shimoliy Amerika hamda Zimbabve hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”, – deyiladi xabarda.

"Dunyo miqyosida mazkur nodir metallga bo‘lgan talab juda yuqori. Ular har doim ham rudalarda yetarli darajada uchramaydi. Shu ma’noda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ tomonidan mis ishlab chiqarish chiqindi shlam mahsulotlarining qayta ishlangan elektrolit eritmalaridan qimmatbaho metallni to‘liq va sof holatda ajratib olishning yangi texnologiyalarini yaratish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kombinat rahbariyatining topshirig‘i bilan sof va o‘ta toza palladiy metallini ajratib olish borasida 2018-yilning noyabr oyidan buyon ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Maqsad palladiy miqdori kam bo‘lgan chiqindi elektrolit eritmalaridan, garchi 50 milligramm 1 litrda bo‘lgan taqdirda ham sof palladiy kukunini ajratib olish usulini ishlab chiqishdan iborat edi.

Bugungi kunda hatto 40 milligramm palladiy bir litr eritmada qolguncha cho‘kmaga tushirib olinmoqda. Avvalgi texnologik yo‘riqnomalarda bunday natijalarga erishilmagandi. Cho‘ktirilgan palladiy kompleksini kuydirish va qayta tiklash jarayonlarini qayta tadqiq qilish asnosida piro-gidrometallurgik optimal parametrlar ishlab chiqildi. Palladiy tarkibli eritmalarni zararli qo‘shimchalardan tozalash va foydali metallarni ajratib olish uchun ishlab chiqarishga jo‘natishni mo‘ljallovchi kompleks cho‘ktirish va tozalash usullari sanoatga joriy etildi” – degan OKMK Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi Mis metallurgiyasi bo‘linmasi boshlig‘i Orifjon Usmonqulov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:461 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь