• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 28 » O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga hujjat qabul qilish sanasi o‘zgardi
18:31
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga hujjat qabul qilish sanasi o‘zgardi

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddati 15 iyundan 15 iyulga qadar bo‘ladi. Oliy harbiy ta'lim muassasalaridagi test sinovlari esa 5 iyul kuni o‘tkaziladi. 

Bu abituriyentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish, ta'lim muassasalarini test jarayoniga tayyorlash, belgilangan binolar va auditoriyalarni kerakli jihoz va uskunalar, o‘quv vositalari bilan ta'minlab, muddatidan oldin shay holatga keltirish imkonini beradi. 

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Q.Haqberdiyev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi yuksalib, jahon andozalari va zamon talablariga mos bo‘lgan ta'lim standartlari amaliyotga joriy etilayotganini ta'kidladi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 26 maydagi "2016-2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalarining bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga 57 ming 907 talaba, jumladan, 19 ming 120 talaba davlat granti, 38 ming 787 talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi. 174 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlari tashkil etilib, unda 138 ming 214 o‘quvchi ishtirok etdi. 10 oliy harbiy ta'lim muassasasida o‘tkazilgan test sinovlarida 6 ming 163 abituriyent qatnashdi. 

2016-2017 o‘quv yilida Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlari, Toshkent arxitektura-qurilish, Toshkent kimyo-texnologiya, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat, Andijon qishloq xo‘jaligi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlari, Toshkent tibbiyot akademiyasida yangi ta'lim yo‘nalishlari ochildi. 

 Birinchi Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi umumta'lim maktablariga ingliz tili o‘qituvchilarini yetkazib berish maqsadida test sinovlarida yuqori ball to‘plagan 117 nafar abituriyent qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishga tavsiya etildi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga soha mutaxassislari javob qaytardi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:2061 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031