• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 26 » O‘zbekistonda oilalarning ajralib ketishiga nima sabab bo‘ladi?
21:08
O‘zbekistonda oilalarning ajralib ketishiga nima sabab bo‘ladi?

2018 yilning 2 fevral kuni "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida "Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi o‘z ish faoliyatini boshlagan edi.
 
Toshkent shahridagi "Poytaxt” biznes markazida tashkil etilgan "Oila markazi 100 kun ichida: faoliyat sarhisobi va istiqbol” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda markazning o‘tgan davr mobaynida, ya'ni dastlabki 100 kun ichida  amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
 
Ta'kidlanishicha, Markazning viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari tashkil etildi hamda malakali kadrlar bilan ta'minlandi. Unga yetakchi olimlar, professorlar, huquqshunoslar, psixologlar, sotsiologlar, xorijiy ekspertlar va boshqa mutaxassislar keng jalb etildi.
 
Kuni kecha Markazning mas'ul xodimlari, fan doktorlari, professorlar va fan nomzodlari, ilmiy tadqiqotchilardan iborat 4 ta Ishchi guruhi Sirdaryo viloyatining 4 ta shahar va 7 ta tumanida xonadonma-xonadon yurib tadqiqotlar olib bordi. Ma'lum bo‘lishicha, viloyat aholisi mamlakat aholisining 2,5 foizini tashkil etadi, biroq, bu hududdagi ajralishlar respublika ko‘rsatkichining 4 foizini qamrab olmoqda.
 
Tadqiqotchilar, oilaviy ajirimlarning sabablarini o‘rganib chiqib, bunga birinchi navbatda er va xotin o‘rtasidagi bir biriga bo‘lgan ishonchsizlik, begona kishilarning o‘rinsiz aralashuvi, farzandsizlik va turmushdagi moddiy yetishmovchiliklar ta'sirida kelib chiqayotganini ma'lumot o‘rnida aytib o‘tdi. Ayniqsa, ishlash maqsadida oila boshilarining xorijga ketishi sabab bo‘layotgan ajirimlar yuqori foizni ko‘rsatayotgani jiddiy muhokamaga sabab bo‘ldi.
 
– Ajirimlarni kamaytirish maqsadida butun respublika bo‘ylab "Oila” markazining viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan "Ahil oila sari qadam” aksiyasi o‘tkazildi.  Aksiya doirasida Respublika miqiyosida 300 ga yaqin oila ajralishining oldi olindi, deydi  "Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari  Dilbar Alimjanova.
 
Mavzuga oid takliflar hamda fikr-mulohazalar qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Shu yerning o‘zida mutasaddilar tomonidan oilalarga ko‘maklashish tartibi ishlab chiqilishi hamda uning nazoratini o‘z zimmasiga olishi aytib o‘tildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1157 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь