• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 3 » O‘zbekistonda nima sababdan chang bo‘ronlari ko‘p kuzatilayotgani haqida ma’lumot berildi
09:13
O‘zbekistonda nima sababdan chang bo‘ronlari ko‘p kuzatilayotgani haqida ma’lumot berildi

"O‘zgidromet” so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ko‘p kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari paydo bo‘lishi sabablarini keltirdi.

Changli bo‘ron – bu atmosfera hodisasi bo‘lib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarning kuchli shamol ta’sirida ko‘tarilishidir. Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi.

O‘zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyoning barcha hududlari uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlarda — cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi.

2021-yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29-may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron kuzatildi.

Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.

Qo‘shrabot meteostansiyasida soat taxminan 15:18 larda shimoli-g‘arbdan kuchli shamol boshlanib, 20 metr/soniyagacha yetgan, shuning oqibatida qumli bo‘ron ko‘tarilgan va taxminan 16:20 larda tingan.

"O‘zgidromet” matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 29-may kuni soat 21:00 atrofida boshlanib, taxminan, bir soatdan ortiq davom etgan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqargandi. Shu kuni chang bo‘roni sabab Buxorodan kelayotgan charter reys Toshkentga qo‘na olmagan. Shuningdek, 1-iyun kuni Qarshi—Samarqand yo‘lida qum bo‘roni, 31-may kuni Namanganda, 2-iyun kuni Buxoroda kuchli shamol va chang bo‘ronlari kuzatilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:595 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь