• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » O‘zbekistonda Navro‘z sayillari va umumxalq hashari bekor qilinmaydi
16:31
O‘zbekistonda Navro‘z sayillari va umumxalq hashari bekor qilinmaydi

Vazirlar Mahkamasida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Hukumat portali xabar berdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning "2020-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bayram "Navro‘zing — yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya o‘zida mujassam etgan holda yuqori saviyada, xalq sayli ko‘rinishida tashkil etilishi qayd etilgan.

Unga ko‘ra, joylarda ko‘chma savdo do‘konlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kitob rastalari, bahoriy taom sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etiladi, milliy chorpoyalar, so‘rilar va xontaxtalar joylashtiriladi. Bog‘larda, ochiq maydonlarda dorbozlar, polvonlar, masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlarning tomoshalari, qushlar ko‘rgazmasi, varrak uchirish, arqon tortish, arg‘imchoq uchish kabi xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil etiladi.

Sayl davomida mamlakatda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining badiiy chiqishlari, folklor-etnografik guruhlarning konsertlari ham o‘tkaziladi.

Shu bilan birgalikda, koronavirus xavfi tufayli xavfsizlik nuqtayi nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinmoqda.

"Navro‘z umumxalq bayrami oldidan xayriya hashari o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Yig‘ilishda joriy yilning 14—15-mart kunlari "Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini uyushqoqlik bilan tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

Asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar ko‘riladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi. Shu bilan birga, mazkur yuqumli infeksiya inobatga olinib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Xususan, bayram arafasida Toshkent shahrida o‘tadigan Navro‘z marafoni, Xiva shahrida 31-mart va 1-aprel kunlari tashkil etiladigan "2020-yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining rasmiy ochilish marosimi hamda "Buxoro shahri — Islom olami madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan 14—16-aprel kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilindi.

Avvalroq Ozarbayjonda koronavirus sabab Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilingani, Qirg‘izistonda va Qozog‘istonda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangani xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031