• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi
09:10
O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi

O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlisi Senati 19-iyun kuni bo‘lib o‘tgan beshinchi yalpi majlisda amaldagi qonunchilikdagi korporativ obligatsiyalar chiqarishni cheklovchi normalardan voz kechish va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiya chiqarishiga ruxsat berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullagan.

Bunga qadar korporativ obligatsiyalarni faqat aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari chiqarishi mumkin edi. Shu bilan birga, obligatsiyalar chiqarishda emitentga qo‘yilgan qonuniy talablar uni moliya jalb qilishda hatto ko‘pgina aksiyadorlik jamiyatlari uchun ham keraksiz vositaga aylantirib qo‘ygan.

Aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni faqat o‘z ustav kapitali hajmi doirasida va uch yillik ijobiy moliyaviy faoliyati va reytingi mavjud bo‘lgan taqdirdagina chiqara olishi hamda obligatsiyalar umumiy qiymati kompaniyaning ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi kapital miqdoridan oshmasligi kabi cheklovlar belgilangandi.

Mazkur cheklovlar so‘nggi yillarda muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin kamayishiga sabab bo‘lgan. Xususan, 2010—2018-yillar davomida muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni 41 tadan 17 tagacha, ularning hajmi 512 milliarddan 198 milliard so‘mgacha kamaygan, bu esa chiqarilgan aksiyalar miqdorining atigi 0,2 foizini tashkil etadi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritadigan mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ko‘rinishidagi 148 mingdan ortiq korxona mavjud. Aksariyat aksionerlik jamiyatlariga qaraganda ko‘proq investitsiya jalb qilishga qodir ushbu korxonalarning barchasida o‘z biznesini moliyalashtirishga bank kreditidan boshqa muqobil variant yo‘q. Korporativ obligatsiyalar esa MChJlar uchun shunday muqobil yo‘lga aylanishi mumkin.

"MChJ shaklidagi tashkilotlariga qarz mablag‘larini jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar berish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritishni ham professional, ham jamiyat, ham potensial emitentlar intiqlik bilan kutmoqda, bu mavzu 10 yildan beri qizg‘in muhokama qilinib kelinadi. Bu xususiy loyihalarni moliyalashtirish manbalari ro‘yxatini kengaytirishga, shuningdek, mamlakatda korporativ qarzlar bozorini jonlantirishga yordam berib, aholi va kompaniyalarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish va jamg‘armalarning bir qismini xorijiy valyutadan milliy valyutaga o‘tkazishni osonlashtirishga ko‘maklashadi”, — deb izohlaydi Avesta Investment Group investitsiya kompaniyasi hamkori Karen Srapionov.

Shu munosabat bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullangan bo‘lib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga (MCHJ) tashqi auditorlik, moliyaviy hisobot, ma’lumotlarning oshkor etilishi va aksiyadorlik jamiyatlari uchun talab qilinadigan boshqa talablar qo‘yilgan holda obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish.

Chiqarilayotgan obligatsiyalar hajmini kompaniyaning ustav kapitali doirasida belgilash, ularni chiqarishda garov talab qilinishi, uch yillik ijobiy moliyaviy hisobot va reytinglarga ega bo‘lish talablarini olib tashlash.

Talablarning mavjud tendensiyalarga tez moslashishi va ularga o‘z vaqtida o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritib borish maqsadida korporativ obligatsiyalar chiqarish shartlarini va talablarni belgilash vakolatini qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga (Kapital bozorini rivojlantirish agentligi) berish.
Категория: Har-Hil | Просмотров:449 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь