• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil etdi
13:06
O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda mart oyida narxlar va tariflar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.

2020-yilning yanvar-mart oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 2,8 foizga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning martiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sura’ati 13,6 foizni tashkil etmoqda.

Kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari ichida oy davomida meva va sabzavotlar (5 foizga), go‘sht, parrandachilik va baliq (1,7 foizga), yog‘ va moylar (1,3 foiz), non (1,2 foiz) va sut mahsulotlari (1,1 foiz)ning narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan. Bir oy davomida umumiy ovqatlanish muassasalari narxlari 1,6 foizga, yil boshidan beri — 2,5 foizga qimmatlashdi.

Non mahsulotlarida (yorma va dukkaklilarni qo‘shgan holda) ushbu guruhga taalluqli bo‘lgan loviya (4,1 foiz), mosh (3,4 foiz), no‘xat (2,1 foiz), grechka (1,9 foiz), un (1,5 foiz), vermishel, guruch va oqshoq (1,2 foiz) narxlari boshqalarga nisbatan sezilarli darajada qimmatlashgan. Yil boshidan esa dukkaklilar (0,7—8,3 foiz) va grechka (6,6 foizga) narxlari yuqori darajada ko‘tarilgan.

Joriy yilning mart oyida tuxum narxlari 3,5 foizga arzonlashib, yil boshidan buyon narxlar darajasi 2,8 foizga pasaygan.

Oy davomida sut narxi 1,9 foizga (2020-yilning yanvar-mart oylarida esa 3,8 foizga), suzma 1,3 foizga, qaymoq 1,2 foizga, qatiq narxi 1,1 foizga qimmatlashgan.

Nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha kuzatilgan asosiy guruhlar ichida narxlarning eng yuqori o‘sishi shaxsiy transport (6,9 foiz) va tamaki mahsulotlariga (4,1 foiz) to‘g‘ri kelmoqda. Bir oy davomida qurilish materiallari 0,9 foizga, kiyim-kechak, mato va iplar 0,8 foizga, poyabzal 0,7 foizga, uy-ro‘zg‘or buyumlari va elektr jihozlari 0,3 foizga o‘sgan.

Mart oyida kuzatilayotgan aholi uchun pullik xizmatlar orasida oliy ta’lim davlat muassasalarida shartnoma asosida o‘qitish uchun to‘lovlarning 7 foizga, shuningdek, kuzatilayotgan boshqa ta’lim xizmatlarining 1,1 foizgacha ko‘tarilishi natijasida umumiy ta’lim xizmatlari narxlari 3,2 foizga qimmatlashgan. Tibbiy xizmatlar bir oy ichida 1,8 foizga, maishiy xizmatlar — 0,9 foizga, yo‘lovchilar transporti va hordiq chiqarish xizmatlari — 0,8 foizga qimmatlashdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:457 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь