• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 1 » O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasini oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
13:06
O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasini oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyda koronavirus infeksiyasini epidemiyasini favqulodda holat deb tan oldi, 2020-yil 31-yanvar holatga Xitoyda koronavirus (2019-nCoV turi) bilan kasallangan bemorlar 9720 nafarni tashkil qilgan, 1500 nafar fuqaro og‘ir holatda davolanmoqda, 213 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Ushbu kasallikni O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishini oldini bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida 28-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir boshchiligida Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda qilinayotgan ishlar muhokama qilinib, qo‘shimcha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar belgilanib ijroga qaratildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bergan.
Xabarda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligida tashkil qilingan shtab 24 soat davomida faoliyat olib borayotgani, agentlik mutaxassislari tomonidan ishonch telefonlari orqali koronavirusni oldini olish borasida Xitoydan kelayotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkorlar va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirish hamda tavsiyalar berib borilayotgani qayd etilgan.

Koronavirusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish insitutida koronavirus infeksiyasini etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi hamda kasallikka gumon qilinganda tibbiy xodimlarni tezkor harakatlari mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasining reanimatologlari, infeksionistlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining epidemiologlari o‘rtasida o‘quv-seminari o‘tkazilgan. Barcha ma’muriy hududlarda reanimatolog, infeksionist, epidemiologlardan iborat 3 tadan tezkor harakatlar brigadalari tashkil etildi, shuningdek mazkur o‘quv-seminarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vakillari ishtirok etgan.

Shuningdek, agentlik joriy yilning 31-yanvar kuni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroport orqali xorijdan 38 ta samolyot uchib kelib, 4194 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgani, shulardan 84 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalar ekanligi haqida ma’lumot bergan. Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlangan, shifokorlar tomonidan epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda tana harorati ko‘tarilgan bemor, koronavirus kasalligiga gumon qilingan yoki kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lmaganligi aniqlangan.

Temir yo‘llari AJ markaziy SESiga qarashli 6 ta SKPdan 5 ta poyezdda 953 nafar fuqarolar o‘tgan va ular o‘rtasida tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara posti orqali ko‘plab yo‘lovchi o‘tuvchi SKPlar Toshkent viloyatining "G‘isht-ko‘prik”, "Oybek”, Surxondaryoning "Ayraton”, "Gulbahor” va Daryo porti hamda Andijon viloyatining "Do‘stlik” SKPlari orqali 2158 ta avtotransportlar, 23570 nafar fuqaro o‘tkazilgan, ular orasida yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olib kelingan, namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmadi. Bugungi kunga qadar respublika fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:496 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829