• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 61
Гостей: 61
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Mart » 30 » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi
13:33
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga tibbiyot xodimlari ko‘ngilli sifatida jalb etilishi mumkin. Bu haqda davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan bilan kasallanganlarni davolash ishlariga yordam berishni istagidagi ko‘ngilli tibbiyot xodimlari hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bunday ko‘ngilli tibbiyot xodimlari ro‘yxatlarini shakllantiradi. Aynan ana shu ro‘yxatlar orqali tibbiyot xodimlari koronavirus bilan kasallanganlar davolanadigan shifoxonalarga yollanadi.

Ma’lum qilinishicha, bemorlarni davolash bilan shug‘ullanayotgan shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari har 14 kunda o‘rin almashyapti. Ko‘ngilli sifatida jalb qilinganlarning xizmatidan foydalanishga birinchi marta ehtiyoj bo‘lmasa, ular tibbiy xodimlarning navbatdagi brigadasiga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi 29-mart kuni o‘rin almashdi. Shuningdek, koronavirusga chalingan yetti nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:590 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031