• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 5 nafari tuzaldi
15:15
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 5 nafari tuzaldi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan besh nafar bemor mazkur kasallikdan deyarli tuzaldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov 24-mart kuni AOKAda tashkil etilgan brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Bahrom Almatovning xabar berishicha, koronavirus kasaliga uchragan bemorlarda ijobiy o‘zgarishlar bor. Ushbu kasallikka chalingan besh nafar bemorda kasallik belgilari yo‘qolgan, ular o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ularda yana ikkita tekshiruv o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, ular ehtiyot shart sifatida yana 14 kun karantinga qo‘yiladi va undan keyin uyiga javob beriladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayd etilgan birinchi bemor — 11-mart kuni Parijdan qaytgan ayol mazkur safardan keyin uyida bayram qilgan. Ayol mazkur tadbirga 35 kishini taklif etgan. Mazkur 35 kishining 13 nafarida bugungi kunda kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, ayol samolyotda u bilan birga uchib kelgan yo‘lovchilar bilan muloqotda bo‘lgan. Ayol oila a’zolariga ham mazkur virusni yuqtirgan. Shuningdek, mazkur ayol safardan keyin o‘z ish joyiga, ya’ni xususiy klinikasiga borib, u yerda 80 nafar hamkasbi hamda 42 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Bahrom Almatovning qayd etishicha, mazkur zanjir davom etgan. Ya’ni mazkur ayol bilan muloqotda bo‘lgan kishilar, o‘z navbatida, boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘lgan. Shu sababli, kasallikning tarqalishi geometrik progressiya shaklida davom etishi mumkin. Biroq ayolda kasallik aniqlanganidan so‘ng, uning xonadoni ish joyida o‘rganish ishlari olib borilib, kasallik yuqishi mumkin bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati shakllantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetdi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:540 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031