• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi
15:49
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolash ishlarida qatnashgan shifokorlarning birinchi guruhining 14 kunlik ishi uchun 25 million so‘mdan to‘landi. Bu haqda Xalqaro press-klubning koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy yordam markazi direktori Doniyor Alimov ma’lum qildi.

"Birinchi bosqichda 14 kun ishlagan tibbiyot xodimlariga javob berildi va va’da qilinganidek shifokorlarga 25 million so‘mdan, hamshiralarga esa 15 million so‘mdan to‘landi. Boshqa xodimlar ham belgilangan pullarini olishdi”, — deydi Doniyor Alimov.

Shuningdek, ayni shu kunlarda 4 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari ishlash istagini bildirgan.

Doniyor Alimovning bildirishicha, koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida tashkil etilgan "O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 1-aprelga qadar 30 milliard so‘mga yaqin mablag‘ kelib tushdi. Prezident Administratsiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV, Prokuratura, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va Xalqaro press-klub tomonidan ushbu fondga pul mablag‘lari o‘tkazildi. Bundan tashqari, 2 161 nafar fuqaro tomonidan ham fondga 3 milliard so‘m kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь