• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 8 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 546 nafarga yetdi
23:23
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 546 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 23:00 holatiga ko‘ra, 1 nafarga oshib, 546 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 17:15 holati bo‘yicha virusni yuqtirib olganlar soni 11 kishiga oshib, 545 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda 15 martdan (mamlakatda kasallik ilk bor aniqlanganidan) beri 30 kishi undan sog‘aydi. 7-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, Toshkentdagi kamida 23 bemorda pnevmoniya alomatlari kuzatilayotgan edi, yetti bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar soni uch nafarga yetdi: 7-aprel oqshomida koronavirusga chalingan bemorning ahvoli keskin yomonlashib, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sabab, uning yuragi to‘xtab qolib, bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi. 27-mart kuni Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan vafot etgandi, 28-mart kuni Toshkentda 39 yoshli shifokor uy sharoitida o‘zini koronavirusdan davolashga urinib, oxir-oqibat vafot etgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni sezilarli oshib bormoqda. 3-aprel kuni 22 kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, 4-aprel kuni 39 kishi, 5-aprel kuni 76 kishi, 6-aprel kuni esa 115 kishi kasallikka chalingani ma’lum qilindi (bu — kunlik rekord). 7-aprel kuni koronavirus aniqlangan bemorlar soni 63 nafarni tashkil etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Samarqandiy edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:558 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь