• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi
10:07
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 48 kishi oshgan.

Avvalroq, 5-aprel soat Toshkent vaqti bilan 23:59 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 nafarga oshib, 342 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi.

Undan avval Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir deb baholanayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasidagi 35 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda (Toshkentdagi bemorlarning jami yetti nafarining ahvoli og‘ir). Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir deb baholanganlar intensiv terapiyaga o‘tkazilgan.

5-aprel, yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan. Shuningdek, Nyu-Yorkning Bruklin qismida ikki o‘zbekistonlik — bir erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1,3 million kishiga, qurbonlar soni esa 70 ming kishiga yaqinlashgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:537 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь