• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 2 » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi
15:38
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 2-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 190 kishiga yetdi. Kasallanganlarning 92 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. Farg‘ona viloyatidagi kasallanganlar soni 26 kishini tashkil etsa, keyingi o‘rinda Namangan viloyati 23 nafar bemor bilan turibdi. Shuningdek, Buxoro viloyatida 14, Andijonda 10, Xorazmda 9, Qashqadaryoda 3 va Navoiyda 2 kishi mazkur kasallikdan davolanmoqda.

Mamlakatdagi koronavirusga chalinganlarning 72 nafari xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgan fuqarolar bo‘lsa, 118 kishi kasallikni respublikaning o‘zida muloqot yo‘li bilan yuqtirib olgan. Shu kunga qadar kasallangan 185 kishining infeksiya manbai aniqlangan, 5 nafar bemor bo‘yicha epidemik surishtiruv davom etmoqda.

Shu paytgacha 8 ta xorijiy davlatdan qaytib kelganlar orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilgan. Xususan, Turkiyadan kelgan 37 nafar, Rossiyadan kelgan 26 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. Bundan tashqari, kasallik Angliyadan kelgan 3 kishida va Qirg‘izistondan kelgan 2 kishida qayd etilgan, shuningdek, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Shveysariyadan kelganlar orasidan 1 kishidan koronavirus yuqtirganlar aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan birinchi bemor bevosita va bilvosita 21 kishining kasallanishiga sabab bo‘lgan.

Virus yuqtirib olganlarning 101 nafarini ayollar, 89 nafarini esa erkaklar tashkil etadi. Yosh toifasi bo‘yicha qaralganda, 0-9 yoshdagilar 5 nafar, 10-19 yoshdagilar 8 nafar, 20-29 yoshdagilar 40 nafar, 30-39 yoshdagilar 45 nafar, 40-49 yoshdagilar 51 nafar, 50-59 yoshdagilar 29 nafar, 60-69 yoshdagilar 10 nafar hamda 70-79 yoshlilar 2 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 12 tasi tuzalib, 2 kishi vafot etgan.

O‘zbekiston bo‘yicha jami 100 700 kishi karantinga olingan. Shundan 23 063 nafari statsionar karantinda, 77 707 nafari esa uy sharoitida karantinda turibdi. Karantindan chiqarilganlar soni 26 244 kishini tashkil etmoqda. Karantinga olinganlarning 54 foizini erkaklar, 38 foizini ayollar, 2 foizini keksalar va 6 foizini voyaga yetmaganlar tashkil qilgan. Shu paytga qadar 29 125 kishi koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan. Respublikada 220 ta muassasa karantin o‘tash uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 164 tasida ayni paytda fuqarolar karantin muddatini o‘tamoqda, 56 ta muassasa zaxirada turibdi.

COVID-19 aniqlanishining eng yuqori kunlik dinamikasi 28, 29 va 31-mart kunlari qayd etilgan. Hozircha 40 nafar yangi holat bilan 29-mart birinchi o‘rinda ketmoqda. 31-mart kuni 22 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lsa, 28-mart kuni 16 kishida kasallik aniqlangan. Quyida kasallik qayd etilishi bo‘yicha to‘liq kunlik dinamika:

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida yana 10 ga yaqin bemorning to‘liq sog‘ayishi kutilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:526 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь