• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 22 » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi
20:29
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 22-aprel, chorshanba kuni, 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, hozirga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 47 nafarga yetdi. 21-aprel kuni 93 nafar bemor, 22-aprel kuni esa 96 nafar bemor tuzalib, o‘tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 424 nafarga yetgani, ular orasida 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq ham borligi xabar berilgandi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь