• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1982
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 8 » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi
15:59
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

Buxoro viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va 8-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 1721 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Buxoroda shifo topganlarning 21 nafari Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan, yana 1 nafari esa Qirg‘izistondan Buxoroga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafar bemor esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlarning 10 nafari Buxorodan, 6 nafari Qashqadaryodan, shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘onadan 2 nafar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan fuqaro tuzalgan. Bundan tashqari, tuzalganlar orasida 1 nafar Qirg‘iziston fuqarosi ham bor.

Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 78 yoshli onaxon, eng kichigi esa 16 yoshda. Buxoro viloyatida shu paytga qadar koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 404 nafarga yetdi.

Xorazmda tuzalgan 1 nafar erkak bemor 49 yoshda bo‘lib, u Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, mazkur bemor shifoxonaga joylashtirilgan. Endilikda Xorazm viloyatda COVID-19 kasalligidan sog‘ayganlar soni 168 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 8-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2 314 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 nafar bemor esa vafot etgan.

Kasallanish holatlari soni nisbatan kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumati karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat "qizil”, "sariq” va "yashil” hududlarga ajratilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:592 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031