• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 25 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni keskin ortdi
15:48
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni keskin ortdi

Farg‘ona, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir yo‘la 50 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatida sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga shahridan Farg‘onaga kelishgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan. Ulardan 9 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, 

Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning 1 nafari Farg‘ona viloyatidan, 9 nafari Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. 
Bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 42 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatgan.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlardan 1 nafari (4 yoshli bola) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (40 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan charter reysda kelgan. Ushbu klinikada shu paytga qadar 68 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 70 nafarga yetdi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida sog‘ayganlarning 15 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 15 nafari erkak, 1 nafari ayoldir. Bemorlar Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 3 nafardan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Namangan, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 86 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 707 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 1836 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь