• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1371
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 34
Гостей: 34
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Aprel » 26 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 763 nafarga yetdi
16:56
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 763 nafarga yetdi

Bugun, 26 aprel kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 5 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent shahridan bo‘lsa, qolgan 3 nafari esa Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan. Ulardan 2 nafari Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelishgan. Qolgan 3 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 70 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 75 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘aygan 42 yoshli bemor (erkak) Toshkent shahridan bo‘lib,  koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Mazkur klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sog‘aygan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 763 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1865 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:670 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930