• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 11 » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi
22:34
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi

Farg‘onaning Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida bo‘lib qaytgan 59 yoshli N. ismli ayolda 25-mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor 31-mart kuni sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

"Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqich, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf o‘ta yuqori bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, u 12 kun davomida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan”, — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etishlaricha, davolanish davrida yetakchi shifokor va mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berib borilgan, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

11-aprel kuni kechki payt bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan. Unga shoshilinch reanimatsion muolajalar ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, bemor N.da o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi natijasida biologik o‘lim qayd etilgan.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning o‘limi bilan bog‘liq to‘rtinchi holat. Bungacha 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan), 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli shifokor koronavirus infeksiyasidan, 7-aprel kuni esa koronavirusga chalingan 40 yoshli bemor yurak va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 11-aprel soat 23:00 holatiga jami 767 kishi koronavirus infeksiyasiga chalingani tasdiqlangan, ularning 42 nafari sog‘aygan. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ularning uch nafari (bari — AQShda) vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:598 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь