• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar ko‘paymadi
11:14
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar ko‘paymadi

Bugun, 23 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil etib, o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda mamlakatning Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov "O‘zbekiston 24” telekanali efirida ma’lum qildi.

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 318 kishi davolanmoqda, ulardan 74 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.

"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 84 bemor davolanmoqda, 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 82 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 152 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 6 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti”, dedi Nurmat Otabekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, 116 ming fuqaro statsionar va uy sharoitida karantin muddatini o‘tayapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 450 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  
Категория: Har-Hil | Просмотров:654 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь